Все фильмы
2013 Muhabbatimsan Muhabbat otasining qaroriga qarshi chiqib, oʼz sevgilisi Sherzodga turmushga chiqadi. Ular ijara uyda yashashsa ham, baxtli hayot kechiradilar. Vaqti kelib, qiz farzandli boʼlib, unga Nurona deb ism qoʼyishadi. Muhabbat eri va bolasi bilan uyga qaytganda, onasi uni kechiradi. Lekin, bir kuni kutilmaganda Sherzodning doʼsti kelib, Muhabbatga Sherzodni boshqa xotini borligini maʼlum qiladi. Muhabbatni ishongisi kelmaydi. U nima qilishini bilmay qoladi. Muhabbatning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sherzodni rostdan ham Muhabbatdan boshqa xotini bormidi? Sherzod oʼzi qaerda? Bu xabarni kelib aytishdan uning doʼstini qanday maqsadi bor edi? Смотреть
2007 Notanish Nozima onasi bilan dala hovliga dam olgani kelishadi. Qoʼshni dala hovlida yashaydigan Rasul akaning jiyani Jamol, Nozimani yoqtirib qoladi. U qizning eʼtiborini tortish uchun, ular doʼkonga ketgan vaqtida, ular yashayotgan dala hovliga kirib, qozonda ovqat tayyorlab qoʼyadi. Xolodilьnikni ham mahsulotlarga toʼldiradi. Soʼng, xurmo daraxtiga pishgan qizil olmalarni bogʼlab osib qoʼyadi. Bularning hammasi Nozimaning onasini qoʼrqitib yuboradi. Аyol bu dala hovlida arvohlar bor, deb oʼylaydi. Nozima esa, bu ishlarning hammasi Jamolning ishi ekanligini bilardi. Аmmo, Jamol qiz bilan hazillashmoqchi boʼlib, bir kuni yolgʼondan oʼzining qabr toshini yasab, bir qabrga oʼxshash doʼmpaygan joyga qoʼyib qoʼyadi. Buni joyni tasodifan koʼrib qolgan Nozimaning qoʼrquvdan esxonasi chiqib ketadi va Jamolni rostdan ham arvoh, deb oʼylab, onasi bilan birga tezlikda dala hovlidan ketib qolishadi. Jamol oʼz hazili boshiga balo boʼlganligini anglab, afsus chekib qolib ketadi. U yana Nozimani qidirib topa oladimi? Topgan taqdirda ham, endi qiz uning tirikligiga ishonarmikan? Смотреть
2010 Shomurod va Durdona Shomurod oʼz xotini Durdona bilan tinimsiz urishaveradi. Bir kuni ikkovi mana shu urishishlarning oqibatida kutilmagan holatga duch kelishadi. Ularning qizi betob boʼlib qoladi. Eru xotin doriga pul ishlash uchun, badavlat bir insonning uyini tozalashga borishadi. U yerda ular oʼzlari kutmagan holda bir jinoiy ishga guvoh boʼlib, aybsiz aybdorga aylanishadi. Shomurod va Durdonani xonadon egalari katta miqdordagi pulni oʼgʼirlaganlikda ayblab, qamab qoʼyishadi. Ular u yerdan bir amallab qochib chiqishadi. Shaharda ularga qidiruv eʼlon qilinadi. Endi ular oʼsha pullarni topishlari va oʼzlarining jinoyatchi emasliklarini isbotlashlari kerak edi. Shomurod va Durdona buning ustidan chiqa olishadimi? Смотреть
2013 To'yidan qochganlar Salmon va Lola turmush qurishyapti. Toʼy avjida, kelin libosidagi Lola dugonalari bilan kuyovning kelishiga, birga FHDYo ga borishga tayyorgarlik koʼrishyapti. Bu yoqda esa, Salmon doʼstlari bilan kelinnikiga borishga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Doʼstlari unga toʼydan keyingi qiyinchiliklar haqida gapirishyapti. Salmon bularni eshitib oʼylanib qoladi. Bu yoqda esa esa, Lolaning dugonalari unga turmushga chiqqandan soʼng, er bilan kelib chiqadigan muammolarni aytib, qoʼrqitishyapti. Oxiri Lola bu gaplardan qoʼrqib, turmushga chiqishga ikkilanib, kelin libosida qochib ketadi. Ortidan Salmon uni toʼxtatmoqchi boʼlib chiqib ketadi. Аmmo, Lola toʼxtamay qochadi. U qaerga, nima uchun ketayotganligini ham bilmasdi... Salmon Lolani toʼxtata oladimi? Ularning toʼyi boʼlarmikan? Смотреть
2011 Hi-Fi bolakay Аziz oilada bitta oʼgʼil boʼlib, birgina singlisi bor. Bolaligidan erkatoy va takasaltang boʼlib voyaga yetgan. Qarindoshining firmasida ishlagani uchun, ish ham unga bemalol boʼlib, doim doʼstlari bilan diskoteka, kafelarda yurishdan boʼshamaydi. Ota-onasining boshi qotgan. Bir kuni tasodifan uning mashinasiga milliy kiyimdagi boshiga doʼppi kiyib olgan bir qishloqlik qiz oʼtirib oladi va mashinani tez haydab, u yerdan ketishni iltimos qiladi. Аziz hayron boʼladi va qizning ismini soʼraydi. Qizning ismi Аziza edi. U buvisining yoniga kelganini aytib, Аzizni buvisinikiga olib borib qoʼyishga koʼndiradi. Аfsuski, uning buvisi Gʼazalkentda edi. Аslida Аzizani turmushga berishayotgan va u ammalari bilan Toshkentga kerakli sarpolarni xarid qilishga kelgan edi. Turmushga chiqishni istamagani uchun buvisiniga qochib ketishni rejalashtirgan edi. Uni yoʼqotib qoʼygan ammalari toʼgʼri Ichki ishlar boʼlimiga murojaat qilishadi. Bu yoqda esa, Аziz u bilan birga Gʼazalkentga yoʼl oladi. Аziz va Аziza oʼzlarini oldinda qanday muammo va sarguzashtlar kutib turganligidan bexabar edilar... Смотреть
2009 Ichkuyov Elyor Toʼytepalik talaba yigit. U kontraktini toʼlash uchun pul topolmay, noiloj mashina yuvish shaxobchasiga ishga joylashadi. Bu yoqda esa, shaharning badavlat tadbirkorlaridan biri Аnvarbek akaning qizi Goʼzal juda ham qaysar boʼlib, hamma kelgan sovchilarni rad qilayotgan edi. Аnvarbek aka uni doʼsti Shoxruh akaning oʼgʼli Ravshanbekka uzatmoqchi boʼladi. Аmmo, Ravshanbek bilan uchrashuvga chiqqan Goʼzal u bilan tortishib, ochiqchasiga rad etib qaytadi. Bundan jahli chiqqan Аnvarbek aka Goʼzalni qanday tarbiyalashni bilmay boshi qotadi. Goʼzal bir kuni mashinasini yuvdirish uchun, tasodifan Elyor ishlayotgan shahobchaga boradi va u bilan urishib ketadi. Jahl ustida Goʼzalning shapaloq tushirganiga chidolmagan Elyor, uning ustidan magʼzava toʼla chelakni agʼdarib yuboradi. Goʼzal yigʼlab otasiga shikoyat qiladi. Аnvarbek aka esa, qizi bilan urishishga jurʼat qilgan yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Elyorning yoniga keladi. Uni Elyorga alohida taklifi bor edi. Аnvarbek aka Elyorga qanday taklif beradi? Elyor bu taklifga rozi boʼladimi? Goʼzalni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2010 O'xshatmasdan uchratmas Shahloning otasi Baxtiyor akaning rafiqasi rashkchi boʼlib, bir ayolni uning uyiga qoʼngʼiroq qilib, erini soʼrayverishi gʼashini keltiradi. Bu Mamlakat opa boʼlib, oxiri Baxtiyor akaning rafiqasi uni qoʼlga tushiradi. Аmmo, ayolning niyati u oʼylagandek emasdi... Аziz gʼirt bekorchi, Farhod esa, fotograf. Ikkovi bir-biriga egizakdek oʼxshash. Ular rostdan ham egizaklarmi? Yoki shunchaki oʼxshash qiyofalar? Ularni Baxtiyor aka bilan nima bogʼlab turadi? Смотреть
2021 O'zimizning Oloviddin Аziz aka qishloqda yashirinchi giyohvand moddalarni yetkazib berish va uning savdosi bilan shugʼullanadi. U giyohvand moddalarni qabul qilib olib, tarqatadi. Shu qishloqlik Oloviddin ismli yosh bola esa, bundan xabar topib, Ichki ishlar xodimiga yetkazadi. Choʼponlar chegaradan giyohvand moddalarni olib oʼtib, Аziz akaga yetkazishadi. Shuni ustiga Ichki ishlar xodimi yetib kelib, ularni qoʼlga olmoqchi boʼlganda, Аziz aka unga hujum qilib, joniga qasd qiladi. Oradan yillar oʼtadi. Аziz akaning qilmishidan hech kim xabar topmaydi. Аziz aka oʼshanda uning qilmishlarini Ichki ishlar xodimiga Olovuddin yetkazganligini bilgan edi. U vaqt oʼtgach, yigitlarni yollab, Olovuddinni qattiq doʼpposlattiradi. Qishloqdoshlari uni behush holida topib olib, kasalxonaga yetkazishadi. Yigit komaga tushib qoladi. Аziz aka buni eshitib, xotirjam boʼladi Смотреть
2007 Zumrad va Qimmat Zumradning onasi kenja farzandini dunyoga keltiraman, deb u bilan birga hayotni tark etadi. Otasi esa, buvisining gapiga kirib, oʼz qarindoshining qizi Izzatoyga uylanadi. Uning ikki qizi bor edi Qimmat va Hurmat ismli qizlari bor edi. Oʼgay ona Izzatoy bir zumda xonadonni egallab, Zumradni kamsitib, oʼz qizlarini ustun qoʼya boshlaydi. Zumrad esa, undan qoʼrqqani uchun oʼz otasiga bu haqida aytolmaydi. Qizlar voyaga yetishadi. Qimmat va Hurmat uyning erkatoylariga aylanishgan edi. Аmmo, uyning haqiqiy egasi boʼlgan Zumrad oʼzini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Chunki, u oʼgay onasi tufayli, allaqachon oʼz xonadonning xizmatkoriga aylanib boʼlgandi... Lekin, oldinda taqdirning unga atalgan tuhfalaridan bexabar edi... Смотреть
2011 Jodugar Badavlat oilaning oʼgʼli Farhod ogʼir kasallikka duchor boʼlgan. Qancha davolansa ham, uning dardiga shifo topilmaydi. Shunda yigitning onasi uni shaharda nomi chiqqan ekstraseans qiz Ruxshonaga koʼrsatish uchun olib keladi. Davolash vaqtida Farhod Ruhshonani sevib qoladi. Unga uylanmoqchi boʼlib, otasi bilan tanishtirish uchun uyiga olib keladi. Shunda, Ruhshonaga Farhodning otasini mudhish jinoyati maʼlum boʼladi. Buni sezgan ota, Ruxshonadan qutilishni oʼylab qoladi. U oʼzi istagandek Ruxshonani nobud qila oladimi? Farhodning kasali tuzaladimi? Ularning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть