Все фильмы
2020 Ketma onasi Keksa Mahmud aka tasodifan instagramga kirib, bir ayolga qiziqib qolib, telefon raqamini olib, unga qoʼngʼiroq qiladi. Buni xotini Xadicha opa eshitib qoladi va kim bilan gaplashayotganini soʼraydi. Mahmud aka bir safar, “senga shunday tuyulgan, hech kim bilan gaplashganim yoʼq” deb qutilsa, boshqa safar “shunchaki adashib tushib qolibdi” deydi. Oxiri eru xotin shu masalada tortishib qolishib, Xadicha opa oʼzining ota uyiga ketib qoladi. Uni qaytarib kelish uchun borgan oʼgʼli Аnvarni ham oʼsha yerda olib qoladi. Mahmud akaning qoʼshnisi Tolib aka va uning xotini Matluba opa bu holatni muhokama qilishib, “qoʼshnilarni qarayu, shu yoshda arazlashishdi. Bizga koʼz tegmasin” deb, turib birdan oʼzlari ham tortishib qolishadi. Ertasi kuni Matluba opa ham, Xadicha opadan ibrat olib, “erim qadrimni bilsin” deb, ota uyiga ketib qoladi. Bu yoqda Mahmud akaning, bu yoqda esa, Tolib akaning boshi qotib qoladi. Xadicha opa bilan Matluba opa uyga qaytishadimi? Munosabatlar tiklanadimi? Boshqa ayol bilan internet tufayli tanishgan Mahmud aka qanday yoʼl tutadi? Смотреть
2025 Qovun o'g'rilari Chekka qishloqda birga katta bo'lgan to'rt yigit - Oybek, Elmurod, O'tkir va Umid o'simlik kasalliklari hamda zararli hasharotlarga qarshi kurashib, birga mehnat qilishadi. Kunlarning birida ular tadbirkorning oyoq kiyimlar ortilgan mashinasiga hujum qilgan o'g'rilarni ko'rib qoladi va uni himoya qiladi. Janjal vaqtida o'g'rilar kaltak yeydi, ammo qochib ketishga muvaffaq bo'ladi. Shundan so'ng yigitlar sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish va o'zlarini himoya qilishni o'rganish maqsadida Po'lat aka qo'l ostida mashg'ulot boshlashadi. Mashqlar davomida esa ko'plab kulgili voqealar yuz beradi. Oradan vaqt o'tib, tadbirkor Otabek aka minnatdorchilik sifatida yigitlarga pul beradi. Oybek bu pulga mashina sotib olib, Toshkentda taksichilik qila boshlaydi. Ammo eski adovatni unutmagan o'g'rilar qasos olish maqsadida uning mashinasini o'g'irlab ketadi. Do'stlar mashg'ulotlarni yanada kuchaytirib, o'g'rilar iziga tushadi. Bu orada O'tkir Rossiyaga ishlash uchun ketadi, Oybek esa oila qurish haqida o'ylay boshlaydi. Nihoyat, ustaning yordami bilan o'g'rilar topiladi va IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo'lga olinadi. Смотреть