Все фильмы
2007 Notanish Nozima onasi bilan dala hovliga dam olgani kelishadi. Qoʼshni dala hovlida yashaydigan Rasul akaning jiyani Jamol, Nozimani yoqtirib qoladi. U qizning eʼtiborini tortish uchun, ular doʼkonga ketgan vaqtida, ular yashayotgan dala hovliga kirib, qozonda ovqat tayyorlab qoʼyadi. Xolodilьnikni ham mahsulotlarga toʼldiradi. Soʼng, xurmo daraxtiga pishgan qizil olmalarni bogʼlab osib qoʼyadi. Bularning hammasi Nozimaning onasini qoʼrqitib yuboradi. Аyol bu dala hovlida arvohlar bor, deb oʼylaydi. Nozima esa, bu ishlarning hammasi Jamolning ishi ekanligini bilardi. Аmmo, Jamol qiz bilan hazillashmoqchi boʼlib, bir kuni yolgʼondan oʼzining qabr toshini yasab, bir qabrga oʼxshash doʼmpaygan joyga qoʼyib qoʼyadi. Buni joyni tasodifan koʼrib qolgan Nozimaning qoʼrquvdan esxonasi chiqib ketadi va Jamolni rostdan ham arvoh, deb oʼylab, onasi bilan birga tezlikda dala hovlidan ketib qolishadi. Jamol oʼz hazili boshiga balo boʼlganligini anglab, afsus chekib qolib ketadi. U yana Nozimani qidirib topa oladimi? Topgan taqdirda ham, endi qiz uning tirikligiga ishonarmikan? Смотреть
2010 Shomurod va Durdona Shomurod oʼz xotini Durdona bilan tinimsiz urishaveradi. Bir kuni ikkovi mana shu urishishlarning oqibatida kutilmagan holatga duch kelishadi. Ularning qizi betob boʼlib qoladi. Eru xotin doriga pul ishlash uchun, badavlat bir insonning uyini tozalashga borishadi. U yerda ular oʼzlari kutmagan holda bir jinoiy ishga guvoh boʼlib, aybsiz aybdorga aylanishadi. Shomurod va Durdonani xonadon egalari katta miqdordagi pulni oʼgʼirlaganlikda ayblab, qamab qoʼyishadi. Ular u yerdan bir amallab qochib chiqishadi. Shaharda ularga qidiruv eʼlon qilinadi. Endi ular oʼsha pullarni topishlari va oʼzlarining jinoyatchi emasliklarini isbotlashlari kerak edi. Shomurod va Durdona buning ustidan chiqa olishadimi? Смотреть
2010 Shaddod qiz Laylo taksidagi vaziyat sabab ishga kech qoladi, soʼng, boshligʼi Rustam Komilovichning kechki ovqatga taklifini rad etib, ishdan haydaladi. Keyin koʼchadagi firibgarning gapiga uchib, uni uyiga boradi. Soʼng, uni zoʼravonligi uchun Ichki ishlar xodimini chaqiradi. Аmmo, firibgar uni jinniga chiqarib, oqibatda Laylo kasalxonaga tushib qoladi. Bularning hammasi bir kunda sodir boʼladi. Аmmo, kun hali oʼz nihoyasiga yetmagan. Oldinda Layloni yana nimalar kutyapti? Смотреть
2005 Sevgi fazosi Behzod kinoteatrda kino qoʼyadi. U kunlardan bir kuni u yerda chiroyli bir qizni uchratadi. Kutilmaganda kinoteatr taʼmirlash ishlari tufayli yopiladi. Shunda Behzod u qizni izlab topishga ahd qiladi. Аfsuski topganda, Gulini eri bevaqt vafot etganligi, uning beva ekanligi maʼlum boʼladi. Yodgor va Jahongir oʼzlari tanlagan institutga oʼqishga kirib, talaba boʼlishadi. Shundan soʼng, ota-onasi Jahongirni uylantirish harakatiga tushadilar. Jahongir sovchi orqali uchrashuvga chiqib, onasi tanlagan qizni yoqtirib qoladi. Аmmo, u qiz oʼzini Dilshod degan sevgan yigiti borligini aytib, undan sovchilarni qaytarishni soʼraydi. Jahongir tushkunlikka tushib qoladi. Chunki, oʼsha qizni sevib qolgandi. U qiz aytgandek qiladi. Keyin esa, oʼzi boshqa bir necha qizlar bilan uchrashuvga chiqadi. Аmmo, hech birini u qizga oʼxshatolmaydi va oʼziga oʼsha qizdan boshqasi kerakmasligini tushunib yetadi. Yodgorni esa, tasodifan Munisa mashinada urib yuboradi. Ular tanishishadi. Ikkovi bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Lekin, Munisaning tugʼilgan kunida dugonasi, Yodgorni unga yozgan maktubini ommaga oʼqib berib sharmanda qiladi. Bu esa Yodgorga qattiq tegadi. Munisa buni hazilligini aytadi, ammo, Yodgor uni kechirmaydi. Bu tengdosh uch yigitning taqdiri qanday kechadi? Behzod Gulini qaytadan yangi hayot boshlashga koʼndira oladimi? Jahongir oʼz sevgilisini qaytara oladimi? Yodgor Munisani kechira olarmikan? Смотреть