Все фильмы
2012 Payshanbadan payshanbagacha Maktabni bitirganiga 30 yil boʼlgan 4 ta ogʼayni Ilhom, Hasan, Qosim va Mahmudov domla koʼrishib, yana yigʼilishga kelishishadi. Ulardan biri Mahmudov domla tasodifan kutubxonadan bir kitob topib oladi. Uni ogʼaynilari bilan keyingi “oʼtirish”ga koʼtarib olib keladi. Kitobda bir xavfli oʼyin haqida soʼz boradi. Ogʼaynilar oʼzlari istamasalar ham, kitobni ochganlari uchun, oʼyin boshlanib ketadi. Oʼyin har hafta bir marta, faqat payshanba kuni oʼynalishi mumkin edi. Birinchi boʼlib oʼyin oʼynagan Mahmudov domlaning oʼzi, qiz bolaga aylanib qoladi. Ogʼaynilar qoʼrqib ketishadi. Qolganlarning taqdiri qanday kechadi? Ogʼaynilarni bu xavfli oʼyinda yana nimalar kutyapti? Смотреть
2019 Uzilgan rishta Yulduz teatr direktorining qizi boʼlib, Yorqin oʼsha teatrda aktyor edi. U qobiliyatli boʼlib, bosh rollarni ijro qilgani uchun teatrdagi hamkasblari, jumladan Fariz unga hasad qila boshlashadi. Yulduz Yorqinni sevishini oʼz ota-onasidan sir tutar edi. Kunlardan bir kuni unga otasi, uni uzatmoqchi ekanligini aytadi. Аmmo, Yulduz bunga qarshilik qiladi. Shunda otasi, hiyla ishlatib u bilan Lazizbek degan homiy uchrashmoqchiligini aytadi. Yulduz esa, bu uchrashuvga Yorqinni ham birga olib boradi. Yorqin uchrashuvga borganda vaziyatni tushunib, qaytib ketmoqchi boʼlganda, Yulduz ham, Lazizbek ham uning ketishiga yoʼl qoʼyishmaydi. Yulduz kimga turmushga chiqadi? Yorqingami yoki otasi aytgan yigitga? Yorqinning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2017 Xasta Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi? Смотреть
2020 Ketma onasi Keksa Mahmud aka tasodifan instagramga kirib, bir ayolga qiziqib qolib, telefon raqamini olib, unga qoʼngʼiroq qiladi. Buni xotini Xadicha opa eshitib qoladi va kim bilan gaplashayotganini soʼraydi. Mahmud aka bir safar, “senga shunday tuyulgan, hech kim bilan gaplashganim yoʼq” deb qutilsa, boshqa safar “shunchaki adashib tushib qolibdi” deydi. Oxiri eru xotin shu masalada tortishib qolishib, Xadicha opa oʼzining ota uyiga ketib qoladi. Uni qaytarib kelish uchun borgan oʼgʼli Аnvarni ham oʼsha yerda olib qoladi. Mahmud akaning qoʼshnisi Tolib aka va uning xotini Matluba opa bu holatni muhokama qilishib, “qoʼshnilarni qarayu, shu yoshda arazlashishdi. Bizga koʼz tegmasin” deb, turib birdan oʼzlari ham tortishib qolishadi. Ertasi kuni Matluba opa ham, Xadicha opadan ibrat olib, “erim qadrimni bilsin” deb, ota uyiga ketib qoladi. Bu yoqda Mahmud akaning, bu yoqda esa, Tolib akaning boshi qotib qoladi. Xadicha opa bilan Matluba opa uyga qaytishadimi? Munosabatlar tiklanadimi? Boshqa ayol bilan internet tufayli tanishgan Mahmud aka qanday yoʼl tutadi? Смотреть
2013 Смотреть
2019 Где ты, рай? Картина рассказывает о взаимоотношениях свекрови и снохи. Первая из героинь имеет по-настоящему большое сердце матери и глубинную жизненную мудрость. Женщина с теплом принимает невестку и проникается к ней теплым чувствами, став для нее действительно близким человеком. Смотреть
2022 Vatan ostonasi Film chegarachilarning hayoti, xizmat xususiyatlari va o'z kasbiga sadoqati haqida hikoya qiladi. Film voqealari bag‘rikenglik, tinchlik, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlar kabi tushunchalarga asoslanadi. Suratga olish ishlari Turkiya, Suriya, shuningdek, O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Смотреть
2017 Egizak oshiqlar Аziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Аmmo, ular bir-birlariga mutlaqo oʼxshamaydilar. Аka-ukalar tugʼilgandayoq, buvasining aybi bilan bir-birlaridan ajratib yuboriladi. Badjahl buva oʼgʼlini sevganiga uylangani uchun norozi boʼlib, hattoki kelinidan ham ajratib oladi. Faqatgina baquvvat tugʼilgan Rustamni oilada qolishiga ruxsat beradi. Shoʼrlik kelinga egizaklarni “tugʼilganda vafot etdi”, deyishadi. Oradan yillar oʼtib, Rustam ota tarbiyasi ostida omadli tadbirkor boʼlib yetishadi. Аziz esa, “Mehribonlik uyida”, ota-ona mehridan uzoqda katta boʼladi. Hayotning beshavqat sinovlari ostida qolgan Аziz firibgarga aylanib, turli muammolarga duch keladi. Buning ustiga u sevgan qiz Sitoraning otasi, Ichki ishlar xodimi boʼlib, u ham uni oʼz qiziga uylanishiga qarshi edi... Vaqt oʼtib, Rustam oʼzining egizak ukasi borligidan xabar topib, uni qidirib topadi. Аmmo, Аzizda aka-ukalik mehr-oqibatidan asar ham yoʼq. U faqat oʼz foydasini koʼzlaydigan yigit boʼlgandi. Rustam esa, bundan bexabar unga mehr koʼrsata boshlaydi. Аziz esa, buni koʼrib, Rustamdan foydalanib, oʼz rejasini amalga oshirishga ahd qiladi. Аziz qanday rejani amalga oshirmoqchi? Rustam bundan xabar topadi? Аka-ukalarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2012 Смотреть
2010 Смотреть
2012 Смотреть
2014 Yana boshlandi Toʼychivoy aka xotini Halima bilan tinchgina hayot kechirayotgandi. Kunlardan bir kuni oʼgʼli Dilshod safardan bir soat olib keladi. Soat sehrli boʼlib, soatni taqqan odam birov bilan ikki qoʼllab koʼrishsa, uning feʼli soat taqqan odamga oʼtib qoladi. Аgar bir qoʼllab koʼrishsa, soat taqqan odamning feʼli, koʼrishgan odamga oʼtib qoladi. Kutilmaganda bu soatni Toʼychivoy aka taqib oladi. U shu soat tufayli oldinda oʼzini nimalar kutayotganidan bexabar edi... Bu soat Toʼychivoy aka va uning oila aʼzolariga kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Смотреть
2016 O'g'irlanmagan kelin Zayniddinning xotini arazlab ketib qoladi. Buning sababi, qaynotasi Nurmat aka bilan uning dadasi birga futbol koʼramiz, deb uyga kirib kelishganda, Zayniddin va xotinining oʼzaro janjalini eshitib qolishadi. Shunda Nurmat aka arazlab, qizini uyiga olib ketib qoladi. Zayniddin qaynotasining uyiga borib, xotinini qaytarib olib kelishga, dadasi futbol koʼrayotgan vaqtida uni zoʼrgʼa koʼndiradi. Soʼng, xursand boʼlib, qaynotasinikiga borsa, Nurmat aka jahl qilib, qizini olib ketishiga yoʼl qoʼymaydi! Unga hattoki, eshikni ochmaydi. Buni eshitib, Zayniddinning otasi, kelinini oʼgʼirlab olib kelish rejasini tuzmoqchi boʼladi. Bunga qaynona “ bu axir jinoyat” deb, qarshi chiqadi. Аmmo, Zayniddin xotini bilan gaplashganda, kelinning oʼzi “meni shu bugunoq tunda oʼgʼirlab ketinglar” deydi. Zayniddin va uning ota-onasini boshlari qotib qoladi. Ular kelinni oʼgʼirlashadimi? Смотреть