Все фильмы
2015 Farhod va Shirin Farhod sevgilisi Marhaboga uylanish istagida, unga toʼy libosi tanlash uchun Toʼy liboslari saloniga olib keladi. Salon egasi Shirin esa, bu manman yigitni tavbasiga tayantirib qoʼyish uchun, u bilan “ishq oʼyini”ni boshlaydi. Аvvaliga tanlangan qimmatbaho libosni oʼzi kiyib koʼrsatadi. Soʼng, undan oʼz avtomobilini koʼrib berishni iltimos qiladi. Farhod ham, Marhaboni tashlab, Shiringa uylanishga ahd qiladi. Shundagina Shirin oʼzi boshlagan oʼyinni qanchalik jiddiylashib ketganini biladi. Аmmo, endi ortga yoʼl yoʼq edi... Farhod kimni tanlaydi, Shirinnimi yoki Marhaboni? Shirinni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2017 Xasta Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi? Смотреть
2013 Смотреть
2017 7 olam Аlisher va Zarina baxtli oila edilar. Lekin, kunlardan bir kuni ular avariyaga uchrashadi. Hushidan ketgan Аlisher koʼzini ochganda, oʼzini butunlay boshqa olamda, boshqa hayotda, boshqa inson sifatida koʼradi. Bu holat 7 marta takrorlanadi. U 7 olamga tushib, oʼz hayotiga chetdan nazar soladi. Har bir olamda uning sevimli rafiqasi Zarina ham, uning uchun boshqa begona inson edi... Аlisher oʼzining baxtli hayotiga, Zarina bilan turmushiga qayta oladimi? Zarina Аlisher bilan yuz berayotgan holatlardan xabardormi? Смотреть
2012 O'jar kelin 'Sherzod Dilnozaga uylanganiga 4 yil boʼlgan. Аmmo, haligacha ular befarzand boʼlib, farzand koʼrishni juda orzu qilishadi. Shunday kunlarning birida Dilnozada homiladorlik belgilari paydo boʼladi. Lekin, afsuski, shifokorga murojaat qilganda, bu “yolgʼon homila” ekanligi maʼlum boʼladi. Bundan asabi buzilgan Dilnoza endi qoʼpollashib, eri va qaynonasi bilan urisha boshlaydi. Borgan sari uni asabi taranglashib, oilada chidab boʼlmas vaziyat yuzaga keladi... Bu holatda Sherzod qanday yoʼl tutadi? Dilnoza oʼz xatosini anglab yetadimi? Ular farzandli boʼlishadimi?
' Смотреть