Все фильмы
2013 Qudamni ko'rmadingizmi Oʼtkir akaning buvasidan bir sehrli uzuk meros qolgan edi. Buvaga bu uzukni bir qariya sovgʼa qilgan boʼlib, uni taqmaslikni tayinlagan. Uzuk uydagi eski qadimiy buyumlar orasida yotardi. Bir kuni Oʼtkir akaning qizi Nargizni qaynonasi Saida opa “Ota-onangiz yaxshi mebel' olib bersin” deb, uyga qaytarib yuboradi. Kichik oʼgʼli Sherbek esa, uchrashuvga chiqib kelib, kelinga uzuk uchun pul soʼraydi. Shunda Oʼtkir aka oʼsha buvasidan meros qolgan qadimiy narsalarni sotish uchun, yertoʼlaga tushib, eski buyumlar orasidan uzukni topib oladi. Oʼtkir aka bu uzuk tufayli hali qanday voqealar yuz berishidan bexabar edi. Uzuk ularning hayotini butunlay oʼzgartirib yuboradi. Смотреть
2015 Taqdir o'yini Аsal taniqli aktrisa boʼlib, oʼz hayotidan mamnun edi. Shunday kunlardan birida unga tanishi badavlat yigit Otabek sovchi yuboradi. Аmmo, Аsal uni sevmasligini aytib, rad etadi. Kunlardan bir kuni u mashina yuvish shaxobchasida tilamchilik qilib yurgan Dunyo ismli qizchani uchratib qoladi. Dunyoning singlisi Nilufar ogʼir betob, ularning onasi vafot etgandi. Dunyoning qarindoshlari Nasiba va Nodir esa, Nilufarni operatsiyasi uchun hammadan yordam soʼrab, televizorda ham eʼlon berdirib, pul yigʼishayotgan edi. Lekin, ular aslida bu pullarni oʼzlariga olishni reja qilishayotgandi. Аsal esa, Dunyo va Nilufarga rahmi kelib, astoydil yordam berishga ahd qiladi. U buning uddasidan chiqa oladimi? Nasiba va Nodirning rejasi amalga oshadimi? Dunyo va Nilufarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2013 Ojiza Аlisher Komilani sevadi. Аmmo, Komila kambagʼal oiladan boʼlib, ota-onasi bolalikda ajrashib ketishgan. Shuning uchun, Аlisherning ota-onasi bu toʼyga qattiq qarshilik qilishadi. Аlisherni faqatgina buvisi tushunib, ularning toʼyiga oq fotiha beradi. Natijada Аlisher ota-onasiga qarshi chiqib, baribir Komilaga uylanadi. Ularni oldinda qanday taqdir kutyapti? Ikki yosh oʼzlari orzu qilgan baxtga erisha oladilarmi? Смотреть
1991 Abdullajon Qishloq qo'riqchisi mahalliy videodo'konda Stiven Spilbergning filmini tomosha qilib, o'z qishlog'ida sodir bo'lgan voqea haqida Gollivudga xat yozishga qaror qildi. Va tom ma'noda shunday bo'ldi: 'Kommunizm' kolxoziga hamma intiqlik bilan kutgan va markazdan uning qo'nishi mumkinligi haqida telegramma olishi bilanoq qidiruv uyushtirgan musofir tashrif buyurdi. O‘zga sayyoralikni topgan Bozorboy unga Abdullajon ismini qo‘yib, uyiga olib keldi. Bozorboyning olti farzandi uni otasining nikohsiz o‘g‘li deb bilib, uni o‘z farzandidek yaxshi ko‘rar edi. Abdullajonning qiziquvchanligining chegarasi yo‘q edi, u hamma narsadan hayratga tushdi va u o‘ziga yarasha musofir kabi darrov kolxoz ishlariga aralashib ketdi, o‘z oldiga oddiy va tushunarli vazifa — odamlarni ko‘nglini ko‘tarish... Смотреть
1991 Абдулладжан, или посвящение Стивену Спилбергу Сторож сельмага, посмотрев в местном видеосалоне фильм Стивена Спилберга, решил написать письмо в Голливуд о том, что произошло в его кишлаке. А произошло буквально следующее: колхоз «Коммунизм» посетил инопланетянин, которого все с нетерпением ждали и организовали поиск, как только получили из центра телеграмму о его возможном приземлении. Базарбай, нашедший инопланетянина, дал ему имя Абдулладжан и привел в свой дом. Шестеро детей Базарбая приняли его за внебрачного сына своего отца и полюбили как родного. Любопытству Абдулладжана не было границ, его удивляло абсолютно все, и он, как порядочный инопланетянин, сразу же включился в колхозные проблемы, поставив перед собой простую и ясную задачу — сделать так, чтобы людям было хорошо... Смотреть
2008 Oy ostidagi hovli Viktorni qizi Sveta, otasining do‘sti Stepan bilan uchrashib yurardi. Stepan uni yo‘ldan urgandi. Viktor buni bilib qolgach, Stepan bilan urishib, ishdan bo‘shaydi. Chunki, ikkovi birga ishlashardi. U qiziga bir shapaloq tushiradi. Bo‘lib o‘tgan ishlardan asabi qattiq buzilib, keksa onasining yoniga keladi. Onasi esa, unga Toshkentdagi otasining qabriga bormoqchiligini aytadi. Viktorning o‘zi ham 33 yoshgacha, Toshkentda yashagan edi. Shuni eslab, Viktorning o‘zi ham Toshkentga ketishga qaror qiladi va samolyotda uchib keladi. Uni Toshkentdagi hayoti qanday kechadi? Qizi Sveta Stepan bilan aloqalari uzarmikan? Смотреть
2014 Umid Uch yildan buyon Rossiyaga ketgan o‘g‘lini onasi qaytish umidida kutib yurardi. Singlisi akasiga ko‘plab maktublar yo‘llagan bo‘lsa-da, hech qachon javob olmagan. Onasi qayg‘u va hasratga cho‘kib, tinimsiz o‘g‘lining xabarini kutardi. Kasalligiga qaramay, kun bo‘yi uy oldidagi daraxt tagida o‘tirib, hayolida o‘g‘li bilan suhbat qurardi. Oxir-oqibat, ona sog‘inch alamida bu dunyodan ko‘z yumdi. Смотреть
2008 Дом под луной Дочь Виктора, Света, встречалась с его другом Степаном. Степан сбил её с пути. Узнав об этом, Виктор поссорился со Степаном и уволился с работы, так как они работали вместе. Он дал дочери пощёчину. Пережив всё это, Виктор отправился к пожилой матери. Мать сказала, что хочет съездить на могилу отца в Ташкент. Виктор тоже жил в Ташкенте до 33 лет, и, вспомнив это, решил сам поехать туда. Он прилетает на самолёте. Как сложится его жизнь в Ташкенте? Разорвёт ли Света отношения со Степаном? Смотреть