Все фильмы
2019 Uzilgan rishta Yulduz teatr direktorining qizi boʼlib, Yorqin oʼsha teatrda aktyor edi. U qobiliyatli boʼlib, bosh rollarni ijro qilgani uchun teatrdagi hamkasblari, jumladan Fariz unga hasad qila boshlashadi. Yulduz Yorqinni sevishini oʼz ota-onasidan sir tutar edi. Kunlardan bir kuni unga otasi, uni uzatmoqchi ekanligini aytadi. Аmmo, Yulduz bunga qarshilik qiladi. Shunda otasi, hiyla ishlatib u bilan Lazizbek degan homiy uchrashmoqchiligini aytadi. Yulduz esa, bu uchrashuvga Yorqinni ham birga olib boradi. Yorqin uchrashuvga borganda vaziyatni tushunib, qaytib ketmoqchi boʼlganda, Yulduz ham, Lazizbek ham uning ketishiga yoʼl qoʼyishmaydi. Yulduz kimga turmushga chiqadi? Yorqingami yoki otasi aytgan yigitga? Yorqinning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
1985 Kelinlar qo'zg'oloni Ushbu filmda Melis Abzalov o'zining avvalgi “Buvijon-general” nomli kartinasida boshlagan “rahbar”ni jamoa - oila orqali qayta tarbiyalash mavzusini davom ettiradi. Oldingi film singari, bu yerda ham bosh qahramonlar - katta oila a’zolari bo'lib, ularning boshida keksa Farmon-bibi turadi.U halol va dono ayol, mehribon ona, adolatli qaynona. Biroq bir qarashda u oilaning hisob-kitobli va despotik bekasi bo'lib tuyulishi mumkin. U vaqti-vaqti bilan o'g'illarining yetti kelini hamda yigirma nabirasini har xil nodonliklardan tiyib turadi. Aynan shunday taassurot u kelinlarning eng kichigi - Nigora uchun ham qoldirgan edi. Lekin u Farmon-bibining oiladagi qattiqqo'lligiga qarshi bosh ko'taradi va boshqa kelinlarni ham o'z tomoniga og'diradi.Ammo bu “isyon” hech kimning yutug'i bilan yakunlanmadi - tomonlar oxir-oqibat bir-birlarining ajoyib fazilatlarini ko'rib, avvalgidek tinchlik va farovonlikda yashashga qaror qilishdi. Смотреть
1985 Бунт невесток Этим фильмом Мелис Абзалов как бы продолжает тему перевоспитания «начальника» коллективом-семьей, начатую в его предыдущей картине «Бабушка-генерал». Как и в прошлом фильме, главные герои - члены большой семьи, во главе которой стоит старая Фарман-биби.Честная и мудрая, любящая мать, справедливая свекровь, на первый взгляд, она может показаться расчетливой и деспотичной хозяйкой, которая время от времени удерживает семерых невесток своих сыновей и двадцать внуков от всевозможных глупостей. Такой она была и для Нигоры, жены младшего сына, пока та не взбунтовалась против семейного деспотизма Фарман-биби и не привлекла на свою сторону остальных невесток. Однако «бунт» закончился, что называется, вничью: женщины, наконец, увидели друг в друге замечательные черты характера и решили жить, как прежде — в мире и достатке. Смотреть
2022 Talvasa Film jinoyat kabi dolzarb mavzuga to‘xtalib, u Muzaffar ismli bosh qahramon hayoti orqali ochib berilgan. Смотреть
2013 Achchiq hayot Behzod aka chegaraga tutash boʼlgan hududdagi qishloqda, oʼz kasbini vijdonan bajarib kelayotgan harbiy. Kutilmaganda qishloqda xonadonlardan mollar yoʼqola boshlaydi. Bu orada qishloq kotibasi Halima opaning ukasi Gʼofur aka opasinikiga mehmonga keladi. Behzod aka negadir undan shubhalanadi. Аmmo, unda dalil yoʼq edi. Halima opa hammani “ukam xorijda ishlab kelgan” deb, ishontirgan boʼlsa ham, aslida Gʼofur aka uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilgan shaxs edi. U qishloqqa kelgach, u yerda qamoqda oʼzi bilan birga muddat oʼtagan tanishi Jonibek bilan til biriktirib bir mudhish reja tuzgan edi... Gʼofur aka qishloqda bu rejasini amalga oshira oladimi? Behzod aka-chi? U Ichki ishlar xodimlari bilan Gʼofur akani jinoyat ustida qoʼlga tushira olarmikan? Смотреть