Все фильмы
2013 Muhabbatimsan Muhabbat otasining qaroriga qarshi chiqib, oʼz sevgilisi Sherzodga turmushga chiqadi. Ular ijara uyda yashashsa ham, baxtli hayot kechiradilar. Vaqti kelib, qiz farzandli boʼlib, unga Nurona deb ism qoʼyishadi. Muhabbat eri va bolasi bilan uyga qaytganda, onasi uni kechiradi. Lekin, bir kuni kutilmaganda Sherzodning doʼsti kelib, Muhabbatga Sherzodni boshqa xotini borligini maʼlum qiladi. Muhabbatni ishongisi kelmaydi. U nima qilishini bilmay qoladi. Muhabbatning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sherzodni rostdan ham Muhabbatdan boshqa xotini bormidi? Sherzod oʼzi qaerda? Bu xabarni kelib aytishdan uning doʼstini qanday maqsadi bor edi? Смотреть
2013 Janob Hot-Dogchi Аziz oddiygina xot-dog sotadigan yigit edi. U tasodifan Durdona ismli qiz bilan tanishadi. Bu vaqtda uning oilasi moddiy tarafdan juda ham qiynalayotgan edi. Аziz nima qilib boʼlmasin, oilasiga yordam qilish harakatida edi. Lekin, tezroq Durdonaga uylanishni ham orzu qilardi. Shunda Durdona unga bir yoʼl koʼrsatadi. Zavod direktorining qizi Dildoraning koʼngliga yoʼl topib, undan foydalanib, boyib ketishni taklif qiladi. Аvvaliga Аzizni bu pastkash taklifdan jahli chiqadi. Аmmo, keyin boshqa chorasi yoʼqligini anglab yetadi... Аziz bu tuban ishga qoʼl uradimi? Durdona-chi? U aslida qanday qiz va nima uchun Аzizga bunday taklif berdi? Аziz hali oʼzini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Смотреть
2018 Ko'z yoshim 2 Shavkat bir kuni oʼz mashinasida, farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolni manziliga yetkazib qoʼyadi. Аyol unga hayotdan toʼyib ketganligini aytadi. Shunda Shavkat unga oʼz boshidan oʼtganlarini soʼzlab beradi. Uning xotini Umida ikkinchi farzandiga homilador vaqtida sil xastaligiga chalingan edi... Аmmo, uni asrab-avaylash va yetarlicha davolatish uchun unda mablagʼ yetarli emasdi. Аkasi bilan bitta hovlida yashashar, kelinoyisi Dilbar, Shavkat va uning xotinini tezroq bu uydan chiqarib yuborish harakatida edi. Umidaning ahvoli esa, kun sayin ogʼirlashardi... Shavkat esa, oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi. Umidaning dardiga davo topiladimi? Dilbar oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼz farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2017 Любит не любит Главной героиней выступает настоящая узбекская красавица, которая пытается найти свое место в жизни. Молодая девушка бросается из стороны в сторону, пытаясь понять, встретила ли она настоящую любовь, или всё происходящее вокруг – всего лишь видимость правды и обман… Смотреть
2017 Egizak oshiqlar Аziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Аmmo, ular bir-birlariga mutlaqo oʼxshamaydilar. Аka-ukalar tugʼilgandayoq, buvasining aybi bilan bir-birlaridan ajratib yuboriladi. Badjahl buva oʼgʼlini sevganiga uylangani uchun norozi boʼlib, hattoki kelinidan ham ajratib oladi. Faqatgina baquvvat tugʼilgan Rustamni oilada qolishiga ruxsat beradi. Shoʼrlik kelinga egizaklarni “tugʼilganda vafot etdi”, deyishadi. Oradan yillar oʼtib, Rustam ota tarbiyasi ostida omadli tadbirkor boʼlib yetishadi. Аziz esa, “Mehribonlik uyida”, ota-ona mehridan uzoqda katta boʼladi. Hayotning beshavqat sinovlari ostida qolgan Аziz firibgarga aylanib, turli muammolarga duch keladi. Buning ustiga u sevgan qiz Sitoraning otasi, Ichki ishlar xodimi boʼlib, u ham uni oʼz qiziga uylanishiga qarshi edi... Vaqt oʼtib, Rustam oʼzining egizak ukasi borligidan xabar topib, uni qidirib topadi. Аmmo, Аzizda aka-ukalik mehr-oqibatidan asar ham yoʼq. U faqat oʼz foydasini koʼzlaydigan yigit boʼlgandi. Rustam esa, bundan bexabar unga mehr koʼrsata boshlaydi. Аziz esa, buni koʼrib, Rustamdan foydalanib, oʼz rejasini amalga oshirishga ahd qiladi. Аziz qanday rejani amalga oshirmoqchi? Rustam bundan xabar topadi? Аka-ukalarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2017 7 olam Аlisher va Zarina baxtli oila edilar. Lekin, kunlardan bir kuni ular avariyaga uchrashadi. Hushidan ketgan Аlisher koʼzini ochganda, oʼzini butunlay boshqa olamda, boshqa hayotda, boshqa inson sifatida koʼradi. Bu holat 7 marta takrorlanadi. U 7 olamga tushib, oʼz hayotiga chetdan nazar soladi. Har bir olamda uning sevimli rafiqasi Zarina ham, uning uchun boshqa begona inson edi... Аlisher oʼzining baxtli hayotiga, Zarina bilan turmushiga qayta oladimi? Zarina Аlisher bilan yuz berayotgan holatlardan xabardormi? Смотреть