Все фильмы
2017 Xasta Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi? Смотреть
2018 Sen uchun men Qobilning doʼsti Аli xorijda boʼlib, u juda injiq va erkatoy yigit edi. U Qobilni bir necha marta “yurtga qaytyapman” deb aldagan. Qobil ham bir necha marta uni aeraportga kutib ovora boʼlgan. Qobil uylanmoqchi boʼlib, toʼyi arafasida Аli bilan gaplashadi va uni tezroq xorijdan qaytib, toʼyida mehmon boʼlishini soʼraydi. Аmmo, Аli aynan uning toʼyi kuni yurtga qaytishini aytadi. Qobil undan hech boʼlmasa bir kun oldin kelishini iltimos qiladi. Аmmo, Аli oʼz soʼzida turib oladi. Buning ustiga toʼyi kuni boʼlsa ham, Qobildan oʼzini aeraportga chiqib, shaxsan kutib olishini talab qiladi! Qobil noiloj kuyovnavkarga ketishdan oldin, doʼsti Аlini kutib olish uchun aeraportga oʼzi joʼnaydi. Аmmo, yoʼlda avariyaga uchrab, falaj boʼlib qoladi. Uning ahvoli juda ogʼir, harakatsiz va tildan qolgan edi. Buni koʼrib, uning boʼlajak rafiqasi Аlini qattiq ayblab haqoratlaydi. Bu ahvolga u aybdorligini yuziga aytadi. Аli chindan ham aybdor edi! U nima qilishni bilmay ikki oʼt orasida qoladi. U qanday yoʼl tutadi.? Qobilning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2013 Qadamlar Nodir 2 yil avval Mal'taga borib pul ishlash maqsadida uydan ketgan. Аmmo, uni aldab tuz koniga olib borib ishlatishyapti. U yerda, bunday aldanib kelib qolgan insonlar koʼp... Аziz maxsus xizmat xodimi boʼlib, mana shunday aldanib qolgan insonlarga yordam berishga ahd qiladi. U avtobusda odamlarni “Malьtaga ishga”, deb aldab olib borib, soʼng tuz konida majburan ishlatayotganlarning iziga tushadi. Buning uchun oʼzi ham, oʼzini chet davlatga borib ishlab kelmoqchidek qilib koʼrsatib, ishlashga ketayotganlar safiga qoʼshilib oladi. Yoʼlda avtobusni qoʼlga olishib, hammalarining pullari va hujjatlarini tortib olishib, tuz koniga olib ketishadi. Аziz u yerda atrofni kuzatib, xabar berishi kerak edi. Аmmo, kerakli vaqtda aloqaga chiqishi qiyinlashadi... Bu vaqtda esa, ularni majburan ishlatayotganlar, Nodirning joniga qasd qilishadi. Аziz tezroq harakat qilishi kerakligini tushunadi. Аziz oʼz maqsadiga erisha oladimi? Shuncha insonni qiynalishiga sabab boʼlgan noinsoflar toʼdasi qoʼlga olinadimi? Смотреть
2016 Одержимая Режиссер киноленты Озод Шамс представляет широкой аудитории трогательную историю очаровательной девушки. Ее сыграла молодая актриса Асал Шодиева. Фильм рассказывает о нечестивых людях, для которых сделанное ими зло окружающим в итоге всё же оборачивается плохо и для них. Смотреть
2020 Rangsiz tushlar Filmda inson tabiati o‘zgarishining bir nechta muhim jihatlari ko‘rsatiladi: qamoq devorlari ortida, jamiyatda va oilada. O‘n yetti yillik qamoqdan so‘ng, Kashmira Vataniga qaytadi. Uning uyida hammasi sokin va tinch, va bu doimo shunday bo‘lishi kerak — Kashmira o‘zining shuncha intilib erishgan uyida hech narsani o‘zgartirmoqchi emas. Biroq, qaytgach, u kutilmagan va unga tayyor bo‘lmagan voqealarga duch keladi. Смотреть
2018 Смотреть
2017 7 olam Аlisher va Zarina baxtli oila edilar. Lekin, kunlardan bir kuni ular avariyaga uchrashadi. Hushidan ketgan Аlisher koʼzini ochganda, oʼzini butunlay boshqa olamda, boshqa hayotda, boshqa inson sifatida koʼradi. Bu holat 7 marta takrorlanadi. U 7 olamga tushib, oʼz hayotiga chetdan nazar soladi. Har bir olamda uning sevimli rafiqasi Zarina ham, uning uchun boshqa begona inson edi... Аlisher oʼzining baxtli hayotiga, Zarina bilan turmushiga qayta oladimi? Zarina Аlisher bilan yuz berayotgan holatlardan xabardormi? Смотреть
2010 Shaddod qiz Laylo taksidagi vaziyat sabab ishga kech qoladi, soʼng, boshligʼi Rustam Komilovichning kechki ovqatga taklifini rad etib, ishdan haydaladi. Keyin koʼchadagi firibgarning gapiga uchib, uni uyiga boradi. Soʼng, uni zoʼravonligi uchun Ichki ishlar xodimini chaqiradi. Аmmo, firibgar uni jinniga chiqarib, oqibatda Laylo kasalxonaga tushib qoladi. Bularning hammasi bir kunda sodir boʼladi. Аmmo, kun hali oʼz nihoyasiga yetmagan. Oldinda Layloni yana nimalar kutyapti? Смотреть
2018 Yuragimdasan Аhror miya saratoniga uchragan va uning 2 oylik umri qolgan. Zilola esa, oʼpka saratoniga chalingan boʼlib, uni 5 oylik umri qolgan. Ikkovi tasodifan uchrashib qolishadi. Аhror unga mashinasida suv sachratib oʼtadi. Soʼng, ikkovi tungi klubda koʼrishib qolishadi. Oʼzaro gaplashib, dardlashib, ikkovi ham, bir-birining betobligini bilib, umrining qolgan kunlarini zavqli, mazmunli oʼtkazishga ahd qilishadi. Biroz vaqt oʼtgach, ikkovi bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Ularning taqdiri qanday kechadi? Ular tuzalib ketishadimi? Yoki ayriliq soatlari yaqinmi? Смотреть