Все фильмы
2013 Muhabbatimsan Muhabbat otasining qaroriga qarshi chiqib, oʼz sevgilisi Sherzodga turmushga chiqadi. Ular ijara uyda yashashsa ham, baxtli hayot kechiradilar. Vaqti kelib, qiz farzandli boʼlib, unga Nurona deb ism qoʼyishadi. Muhabbat eri va bolasi bilan uyga qaytganda, onasi uni kechiradi. Lekin, bir kuni kutilmaganda Sherzodning doʼsti kelib, Muhabbatga Sherzodni boshqa xotini borligini maʼlum qiladi. Muhabbatni ishongisi kelmaydi. U nima qilishini bilmay qoladi. Muhabbatning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Sherzodni rostdan ham Muhabbatdan boshqa xotini bormidi? Sherzod oʼzi qaerda? Bu xabarni kelib aytishdan uning doʼstini qanday maqsadi bor edi? Смотреть
2014 Yigitali Yigitali oilada yolgʼiz oʼgʼil boʼlib, otasi kamtargina inson va uni birovdan qarzi bor edi. Kamiga opasi Sanobar koʼpincha ota uyiga arazlab kelaverardi. Shunday kunlarning birida Yigitali otasiga yordam berish uchun, jinoyat koʼchasiga qadam bosishiga ozgina qoladi. U otasiningqarzini toʼlash niyatida, bir doʼstining taklifini qabul qilib, u aytgan uyga oʼgʼirlikka tushadi. Аmmo, u yerni doʼstining oʼz uyi ekanligini bilib hayron boʼlib qoladi. U yerdan chiqqach doʼstiga “Men ota-onam uchun jinoyat qilishgacha bordim. Lekin, sen oʼz ota-onangni tunatmoqchi boʼldingmi?” deb, achchiq tanbeh beradi. Doʼsti oʼylanib qoladi. Yigitali oʼzi orzu qilganidek otasining qarzlarini toʼlay oladimi? Doʼsti esa, oʼz xatosini tushunib yetarmikan? Смотреть