Все фильмы
2015 Ishdagi ishq Davron yosh boʼlsa ham, oʼz biznesi, oʼz kafesiga ega tadbirkor yigit. Uning ish yurituvchisi Ergash aka esa, oʼz manfaatini oʼylovchi, insofsiz kishi. Davron dastlab bundan bexabar Ergash akaga ishonadi. Аmmo, borgan sari Ergash akaning noinsofliklari ortib boradi. U kafega yangi ishga kelgan, halol ishlayotgan tarbiyali qiz Malikaga ochiqchasiga tuhmat qilib, uni Davronga ahloqsiz qiz qilib koʼrsatmoqchi boʼladi. Chunki, u qizga Davron koʼngil qoʼygan edi. Davron Malikaga ishonadimi yoki Ergash akaga? Haqiqat qaror topadimi? Davron va Malikaning muhabbati qanday yakun topadi? Ergash aka oʼz jazosini oladimi? Смотреть
2008 Nortoy Nortoy oʼz doʼstlari bilan pul evaziga har qanday ishni qila oladigan yigit. Unga “Lupa” va “Qiltiriq” laqabli yigitlar halaqit berib, nuqul tirikchilik manbaini qirqmoqchi boʼlishadi. Nortoy koʼplab sarguzashtlarga duch keladi. Kunlardan bir kuni u juda badavlat odamning qizini sevib qoladi. Bu oila uni kuyov sifatida qabul qilarmikan? Nortoyning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2010 Shaddod qiz Laylo taksidagi vaziyat sabab ishga kech qoladi, soʼng, boshligʼi Rustam Komilovichning kechki ovqatga taklifini rad etib, ishdan haydaladi. Keyin koʼchadagi firibgarning gapiga uchib, uni uyiga boradi. Soʼng, uni zoʼravonligi uchun Ichki ishlar xodimini chaqiradi. Аmmo, firibgar uni jinniga chiqarib, oqibatda Laylo kasalxonaga tushib qoladi. Bularning hammasi bir kunda sodir boʼladi. Аmmo, kun hali oʼz nihoyasiga yetmagan. Oldinda Layloni yana nimalar kutyapti? Смотреть
2013 Achchiq hayot Behzod aka chegaraga tutash boʼlgan hududdagi qishloqda, oʼz kasbini vijdonan bajarib kelayotgan harbiy. Kutilmaganda qishloqda xonadonlardan mollar yoʼqola boshlaydi. Bu orada qishloq kotibasi Halima opaning ukasi Gʼofur aka opasinikiga mehmonga keladi. Behzod aka negadir undan shubhalanadi. Аmmo, unda dalil yoʼq edi. Halima opa hammani “ukam xorijda ishlab kelgan” deb, ishontirgan boʼlsa ham, aslida Gʼofur aka uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilgan shaxs edi. U qishloqqa kelgach, u yerda qamoqda oʼzi bilan birga muddat oʼtagan tanishi Jonibek bilan til biriktirib bir mudhish reja tuzgan edi... Gʼofur aka qishloqda bu rejasini amalga oshira oladimi? Behzod aka-chi? U Ichki ishlar xodimlari bilan Gʼofur akani jinoyat ustida qoʼlga tushira olarmikan? Смотреть