Все фильмы
2011 Hi-Fi bolakay Аziz oilada bitta oʼgʼil boʼlib, birgina singlisi bor. Bolaligidan erkatoy va takasaltang boʼlib voyaga yetgan. Qarindoshining firmasida ishlagani uchun, ish ham unga bemalol boʼlib, doim doʼstlari bilan diskoteka, kafelarda yurishdan boʼshamaydi. Ota-onasining boshi qotgan. Bir kuni tasodifan uning mashinasiga milliy kiyimdagi boshiga doʼppi kiyib olgan bir qishloqlik qiz oʼtirib oladi va mashinani tez haydab, u yerdan ketishni iltimos qiladi. Аziz hayron boʼladi va qizning ismini soʼraydi. Qizning ismi Аziza edi. U buvisining yoniga kelganini aytib, Аzizni buvisinikiga olib borib qoʼyishga koʼndiradi. Аfsuski, uning buvisi Gʼazalkentda edi. Аslida Аzizani turmushga berishayotgan va u ammalari bilan Toshkentga kerakli sarpolarni xarid qilishga kelgan edi. Turmushga chiqishni istamagani uchun buvisiniga qochib ketishni rejalashtirgan edi. Uni yoʼqotib qoʼygan ammalari toʼgʼri Ichki ishlar boʼlimiga murojaat qilishadi. Bu yoqda esa, Аziz u bilan birga Gʼazalkentga yoʼl oladi. Аziz va Аziza oʼzlarini oldinda qanday muammo va sarguzashtlar kutib turganligidan bexabar edilar... Смотреть
2007 Sevginator Maftuna institutda dars bermoqchi bo'ladi. Ammo talabalar uni mensimaydi, doimo hurmatsizlik qilishadi. Maftuna ziyoli, lekin juda yuvosh qiz. Shu sababli, talabalarga bas kela olmaydi. Akmal esa uni tasodifan institutda, rektorning kabinetida ko'rib qoladi. Akmal rektorning ammasinikida ijarada yashaydi. U ixtirochi bo'lib, odamsimon robot yasash ustida uzoq izlanadi va nihoyat tashqi qiyofasi o'zi yoqtirgan Maftunaga ikki tomchi suvdek o'xshash robotni yaratadi. Bu ixtiro esa ko'p narsalarni o'zgartirib yuboradi.
Akmal esa hali o'zini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi… Смотреть
2007 Смотреть
2010 Смотреть