Все фильмы
2025 Istanbul operatsiyasi Film qahramonlari Aziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Ammo, ular bir-birlariga nafaqat tashqi ko'rinish, balki xarakter taraflama ham mutlaqo o'xshamaydilar. Aziz allaqachon Sitora ismli qizga ko'ngil qo'ygan, unga uylanmoqchi. Lekin, uning otasi Aziz bir ishni boshlab, oxiriga yetkaza olmaganini va omadsiz ekanini aytib, unga qizini berish niyatida emas. Aynan shu vaqtda Rustamning esa, sevikli qizi yo'q va ota-onasi uni tezroq uylantirish harakatida edilar. Aziz Sitoraga erishish uchun, uning otasiga qisqa muddatda o'z oldiga maqsad qo'yib, muvaffaqiyatga erishishga va'da beradi. Rustam esa, kutilmaganda Aziz ofitsiant bo'lib ishlaydigan kafedagi Oydinni sevib qoladi. Ammo, badavlatligi tufayli, qizlardan kuygan Rustam, Oydinga o'zini boy tadbirkor ekanligini bildirishni istamasdi. Shunda Aziz unga yordam bermoqchi bo'ladi. Ammo, Azizning o'zi Sitora otasiga bergan va'dasining ham ustidan chiqishi kerak edi.Aka-uka oshiqlar o'zlari orzu qilgandek baxtli bo'lib, o'z sevgilisiga yetisha olarmikanlar ? Смотреть
2018 Sevgi sotilmas Juda badavlat Umar aka oʼzining ogʼir betobligini bilib qoladi. Uning xotini Shodiya bevaqt vafot etgan, oʼzi birgina qizi Sadoqatni voyaga yetkazgan. Doʼsti shifokor Poʼlat unga 3 oy umri qolganini aytadi. Shunda Umar aka, yolgʼizgina qiziga mos kuyov topishni oʼylaydi. Oʼylab, oxiri sinashta deb, doʼsti Bahodirning oʼgʼli Umidni kuyovlikka munosib koʼradi. Hamma ishini unga topshiradi. Аmmo, qizi Sadoqat bunga rozi boʼladimi? Uning koʼngli aslida kimda? Bahodir va uning oʼgʼli Umid, Umar akaning ishonchini oqlasharmikan? Смотреть