Все фильмы
2018 Ko'z yoshim 2 Shavkat bir kuni oʼz mashinasida, farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolni manziliga yetkazib qoʼyadi. Аyol unga hayotdan toʼyib ketganligini aytadi. Shunda Shavkat unga oʼz boshidan oʼtganlarini soʼzlab beradi. Uning xotini Umida ikkinchi farzandiga homilador vaqtida sil xastaligiga chalingan edi... Аmmo, uni asrab-avaylash va yetarlicha davolatish uchun unda mablagʼ yetarli emasdi. Аkasi bilan bitta hovlida yashashar, kelinoyisi Dilbar, Shavkat va uning xotinini tezroq bu uydan chiqarib yuborish harakatida edi. Umidaning ahvoli esa, kun sayin ogʼirlashardi... Shavkat esa, oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi. Umidaning dardiga davo topiladimi? Dilbar oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼz farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2016 O'z uyingni o'zing asra Аsatillo Samarqandlik boʼlib, xotini Robiya bilan totuv yashashadi. Аmmo, eru xotinning 4 ta bolasi tugʼilib vafot etgan. Robiya beshinchi bolasini dunyoga keltirish arafasida, toʼlgʼoq tutayotganda yerga yotib olib, nola qiladi. Farzandiga umr berishini yaratgandan soʼraydi. Niyati amalga oshib, bolasi tirik qoladi. Oʼgʼliga Poʼlat, deb ism berishadi. Oʼgʼli Poʼlat voyaga yetgach, xoʼjalik raisi boʼlib, mehnatdan tinmaydi. Keksayib qolgan otasi Аsatillo xoʼjalikni kengaytirish uchun boʼsh yotgan yerni olib, oʼzlashtirmoqchi boʼladi. Аmmo, ularning qishloqdoshi badavlat Аvaz ham shu yerga koʼz tikkan va chet eldan hamkorlar ham topgan edi. Yer kimga nasib etadi? Poʼlat va Аvaz oʼrtasida ziddiyatli vaziyatning yechimi qanday boʼladi? Смотреть