2008 Nortoy Nortoy oʼz doʼstlari bilan pul evaziga har qanday ishni qila oladigan yigit. Unga “Lupa” va “Qiltiriq” laqabli yigitlar halaqit berib, nuqul tirikchilik manbaini qirqmoqchi boʼlishadi. Nortoy koʼplab sarguzashtlarga duch keladi. Kunlardan bir kuni u juda badavlat odamning qizini sevib qoladi. Bu oila uni kuyov sifatida qabul qilarmikan? Nortoyning taqdiri qanday kechadi?
2010 Shaddod qiz Laylo taksidagi vaziyat sabab ishga kech qoladi, soʼng, boshligʼi Rustam Komilovichning kechki ovqatga taklifini rad etib, ishdan haydaladi. Keyin koʼchadagi firibgarning gapiga uchib, uni uyiga boradi. Soʼng, uni zoʼravonligi uchun Ichki ishlar xodimini chaqiradi. Аmmo, firibgar uni jinniga chiqarib, oqibatda Laylo kasalxonaga tushib qoladi. Bularning hammasi bir kunda sodir boʼladi. Аmmo, kun hali oʼz nihoyasiga yetmagan. Oldinda Layloni yana nimalar kutyapti?