2009 Ichkuyov Elyor Toʼytepalik talaba yigit. U kontraktini toʼlash uchun pul topolmay, noiloj mashina yuvish shaxobchasiga ishga joylashadi. Bu yoqda esa, shaharning badavlat tadbirkorlaridan biri Аnvarbek akaning qizi Goʼzal juda ham qaysar boʼlib, hamma kelgan sovchilarni rad qilayotgan edi. Аnvarbek aka uni doʼsti Shoxruh akaning oʼgʼli Ravshanbekka uzatmoqchi boʼladi. Аmmo, Ravshanbek bilan uchrashuvga chiqqan Goʼzal u bilan tortishib, ochiqchasiga rad etib qaytadi. Bundan jahli chiqqan Аnvarbek aka Goʼzalni qanday tarbiyalashni bilmay boshi qotadi. Goʼzal bir kuni mashinasini yuvdirish uchun, tasodifan Elyor ishlayotgan shahobchaga boradi va u bilan urishib ketadi. Jahl ustida Goʼzalning shapaloq tushirganiga chidolmagan Elyor, uning ustidan magʼzava toʼla chelakni agʼdarib yuboradi. Goʼzal yigʼlab otasiga shikoyat qiladi. Аnvarbek aka esa, qizi bilan urishishga jurʼat qilgan yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Elyorning yoniga keladi. Uni Elyorga alohida taklifi bor edi. Аnvarbek aka Elyorga qanday taklif beradi? Elyor bu taklifga rozi boʼladimi? Goʼzalni oldinda nimalar kutyapti?
2020 Xoin Boburni oʼz sevgilisi Sevinch, Uchqun ismli kimsani oʼldirganlikda ayblab, qamatib yuborgan. Bobur qamoqdan chiqqach, Sevinchni qidirib topib, nima uchun bunday qilganligini soʼraydi. Shunda maʼlum boʼladi-ki, boshlagan ishlarini tashlab ketgani uchun, oʼz tanishi Olmos, uni ayblashni Sevinchga buyurgan ekan. Eng alamlisi esa, Olmosga bu ishlarda uning oʼz doʼsti Murod yordam bergan edi. Bobur alam ustida Olmosdan qasos olishga ahd qiladi. Bunda unga Bilol aka yordam bermoqchi boʼladi. Bobur oʼz ahdini bajara oladimi? U Olmosdan qasdini oladimi? Sevinchning taqdiri qanday kechadi?
2009 Qalbaki dunyo Jamshid singlisi Sitora va ammasi Malika opa bilan birga yashashardi. Uning shifokor otasi Аlisher aka vafot etgan boʼlib, u davolagan Halima ayadan unga katta miqdorda meros qoladi. Buni eshitib, ammasi Malika, Аlisher akaning hamkasbi shifokor Kozim bilan birga qabih reja tuzishadi. Unga koʼra, Malika Jamshidga asta-sekin taʼsir koʼrsatib, oʼlimga olib boradigan dori berib borishi kerak edi. Jamshidning oʼzi esa, ammasining razil niyatlaridan bexabar boʼlib, unga qattiq ishonardi. Аmmo, Jamshidning sevgilisi Kamola kutilmaganda bu sirdan voqif boʼladi. Kamola Jamshidni qutqara oladimi? Malikaning siri fosh boʼladimi? Jamshidning taqdiri qanday kechadi?
2025 Kallaxona Syujet markazida bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan ikki insonning sevgi qissasi to'g'risida. Eski mahallalik yosh qassob yevropalashgan oiladan chiqqan Vestminster universiteti talabasi bo‘lgan qizni sevib qoladi. Film ularning birinchi tanishuvidan haqiqiy his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishigacha bo‘lgan yo‘lini ko‘rsatadi.
Yorqin o'zbek komediyasini ClickTV'da tomosha qiling!
2010 Строптивая девушка Лейла опаздывает на работу из-за случайности с такси; в тот же день ее увольняют с работы после того, как она отказалась от ужина со своим начальником Рустамом Комиловичем. Затем, попав под влияние мошенника на улице, она оказывается у него дома. Попав в сложную ситуацию, Лейла вызывает сотрудника внутренних дел. Однако мошенник доводит её до нервного срыва и в результате Лейла попадает в больницу. Все это происходит за один день. Но день еще не закончился. Что еще ждет Лейлу в будущем? Родился в 1978 году в Ташкенте. Актер Узбекского национального академического драматического театра. Зять Якуба Ахмедова, муж его дочери актрисы Надиры Абдуллаевой (Ахмедовой). Известен своими ролями интеллектуалов, врачей и ученых.