Все фильмы
2011 Qo'rg'oshin Filmning asosiy voqealari 50-yillarda sodir bo‘ladi, biroq bu davr bilan cheklanmaydi.Unda 30-yillarning hamda hozirgi zamonning voqealari ham yoritilgan. Filmning bosh qahramonlari — 50-yillarda davlat xavfsizligi organlarida xizmat qilgan ikki front orti do‘sti. Ulardan biri 'Qo‘rg‘oshin' taxallusi bilan tanilgan.Filmda har bir qahramon o‘ziga xos tarzda og‘ir mas'uliyatni ko‘tarib, burchni ado etishga intilishi, shu bilan birga o‘z sharafi va vijdonini saqlab qolishga qanchalik qiyinchilik bilan harakat qilgani hikoya qilinadi. Смотреть
2011 Свинец Основное действие фильма происходит в пятидесятых годах, но не только. Показаны события 30-х годов, а также наши дни. Два фронтовых товарища, в 50-годы служащие в органах госбезопасности - главные герои фильма. “Свинец” – это позывной одного из них. В фильме рассказывается о том, как каждый по-своему несет эту ношу, мучительно стараясь выполнить долг и не потерять при этом честь и совесть. Смотреть
2025 Adolat «Adolat» filimi jamiyatdagi ko'plab muammolarga e'tibor qaratib, ularga yechim topish yo'llarini ko'rsatadi. Filmning bosh qahramoni - prokuratura tergovchisi Adolat Aliyeva. Uning taqdirida sodir bo'lgan voqealar orqali jinoyatga qarshi jasorat bilan kurashish va haqiqiy prokuror qonun himoyachisi ekanligini ochib beradi. Filmning asosiy maqsadi - qonun ustuvorligi va adolatning qaror topishi. Unda jinoyatchining mansabi yoki obro'sidan qat'i nazar, qonun oldida barcha teng ekani ta'kidlanadi. Qanchalik jinoyatni yashirishga harakat qilinmasin, adolat yuzaga chiqishi muqarrar ekanligi ko'rsatiladi. Смотреть
1999 Shaytanat Mashhur qo‘shiqchi Elchin o‘z xotinini o‘ldirganlikda ayblanib, qamoqqa tushadi. U faqat o‘sha fojiali tunda qattiq mast bo‘lgani va qimorda bor-yo‘g‘ini yutqazganini eslaydi, xolos. O‘yinni qaytarishga intilib, garovga qo‘yadigan hech narsasi qolmagach, bexosdan mash’um so‘zlarni aytib yuboradi: 'Xotinimni garovga qo‘yishim kerak emas-ku?' Shilimshiq laqabli professional qimorboz bunga rozi bo‘ladi - u Elchinning xotini naqadar go‘zalligini biladi. O‘yin yakunlanib, Elchin nima bo‘layotganini mutlaqo anglamagan holda hushidan ketadi. Ertalab ko‘zini ochsa, yonida xotinining jasadi yotibdi! U xotinini kim shunchalik shafqatsizlik bilan o‘ldirganini va tahqirlaganini darhol anglaydi! Buni mahalliy mafiya boshlig‘i Asadbekning buyrug‘i bilan qilishgan! Endi Elchinning yagona maqsadi - o‘ch olish Смотреть
2008 Oy ostidagi hovli Viktorni qizi Sveta, otasining do‘sti Stepan bilan uchrashib yurardi. Stepan uni yo‘ldan urgandi. Viktor buni bilib qolgach, Stepan bilan urishib, ishdan bo‘shaydi. Chunki, ikkovi birga ishlashardi. U qiziga bir shapaloq tushiradi. Bo‘lib o‘tgan ishlardan asabi qattiq buzilib, keksa onasining yoniga keladi. Onasi esa, unga Toshkentdagi otasining qabriga bormoqchiligini aytadi. Viktorning o‘zi ham 33 yoshgacha, Toshkentda yashagan edi. Shuni eslab, Viktorning o‘zi ham Toshkentga ketishga qaror qiladi va samolyotda uchib keladi. Uni Toshkentdagi hayoti qanday kechadi? Qizi Sveta Stepan bilan aloqalari uzarmikan? Смотреть
2019 Tog'a Filmda tasvirlangan voqealar o‘tgan asrning 80-yillarida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadi. Otasiz oilada voyaga yetayotgan Sanjar yozgi ta’til davrida tog‘asining uyiga mehmonga borib, bir muddat u yerda yashaydi. Uning tog‘asi – Jumash aka tabiatan quvnoq, hazilkash inson. Biroq turmush o‘rtog‘i bilan befarzandlikdan aziyat chekadi. Turli yumushlarda tog‘asiga qarashgan Sanjar qat’iyat, iroda, maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlarni aynan tog‘asidan o‘rganadi. Bu fazilatlar unga kelgusida yaxshi inson, mohir shaxmatchi bo‘lib shakllanishida asosiy omil vazifasini o‘taydi. Смотреть
2008 Дом под луной Дочь Виктора, Света, встречалась с его другом Степаном. Степан сбил её с пути. Узнав об этом, Виктор поссорился со Степаном и уволился с работы, так как они работали вместе. Он дал дочери пощёчину. Пережив всё это, Виктор отправился к пожилой матери. Мать сказала, что хочет съездить на могилу отца в Ташкент. Виктор тоже жил в Ташкенте до 33 лет, и, вспомнив это, решил сам поехать туда. Он прилетает на самолёте. Как сложится его жизнь в Ташкенте? Разорвёт ли Света отношения со Степаном? Смотреть
2017 Isnod Odam savdosi asrimizning global muammolaridan. Kinokartinada sodda qizlarni aldab, chet ellarga sotib yuborish holatlari telejurnalist Jamilaning sa'y-harakatlari samarasida fosh etiladi.Film qahramonlari taqdiri har birimizni, ayniqsa, ota-onalarni sergaklikka chorlaydi. Смотреть
2025 Bahorni quvib Hayotda ko'p jafolar ko'rgan tadbirkor ayol Rohat Shukurova bir vaqtlar ko'ngliga yaqin bo'lgan insonning qabrini ziyorat qilgani poytaxtdan olis tog' qishlog'iga qarab yo'l oladi. Archali atalgan bu manzilga u ancha yillar muqaddam maktabda muallimlik qilgani borib, nohaq badnom etilgan va qishloqdan badarg'a bo'lgan. Xo'sh, 'Archalimizga sevgi-muhabbat degan matohni shu olib keldi, yoshlarimizning axloqini buzgan ham shu' deya malomat yog'dirgan qishloq ahli uni bugun qanday qarshi oladi? Har xil, albatta. Lekin butun film davomida qahramonimizni irkit, qo'sqi bir kimsa ta’qib qiladi. Nihoyat ular uchrashgach esa, tamoman kutilmagan siru jumboqlar ochilib ketadi Смотреть
2007 Смотреть
2017 Смотреть