Все фильмы
2017 Kokteyl Bobur va Temur bolalikdan birga katta boʼlgan sinfdosh doʼstlar edilar. Bobur aqlli, bilimli va masʼuliyatli yigit boʼlib, oliygohda dars berar, dissertatsiya yozayotgan edi. Temurni esa onasi bozorda savdo qilar, u boʼlsa onasiga yordam berish oʼrniga bar va diskotekalarda bekorchilik bilan vaqt oʼtkazar edi. Shunday kunlardan bir kuni Temur oʼz tugʼilgan kunini nishonlash uchun Boburni birga futbol koʼrishga, kafega chaqiradi. Аmmo, u yerda Temurning gapi tufayli janjal chiqadi. Doʼstlar bir amallab u yerdan qochib qolishadi. Qochib, bir barga kirib qolishadi. Bar ularga gʼayritabiiy joydek tuyuladi. U yerdagi barmen ham qandaydir gʼalatiroq odam edi. U ularga bir kokteylь taklif qiladi. Doʼstlar shu paytda oʼzaro gaplashib, ikkovi bir-birining hayotiga havas qilishi va oʼrnida boʼlib qolgisi kelayotgani maʼlum boʼladi. Kokteyldan ichib, uygʼonganlarida esa, ikkovi rostdan ham bir-birlari bilan oʼrin almashib qolgan edilar... Endi ularning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2007 Notanish Nozima onasi bilan dala hovliga dam olgani kelishadi. Qoʼshni dala hovlida yashaydigan Rasul akaning jiyani Jamol, Nozimani yoqtirib qoladi. U qizning eʼtiborini tortish uchun, ular doʼkonga ketgan vaqtida, ular yashayotgan dala hovliga kirib, qozonda ovqat tayyorlab qoʼyadi. Xolodilьnikni ham mahsulotlarga toʼldiradi. Soʼng, xurmo daraxtiga pishgan qizil olmalarni bogʼlab osib qoʼyadi. Bularning hammasi Nozimaning onasini qoʼrqitib yuboradi. Аyol bu dala hovlida arvohlar bor, deb oʼylaydi. Nozima esa, bu ishlarning hammasi Jamolning ishi ekanligini bilardi. Аmmo, Jamol qiz bilan hazillashmoqchi boʼlib, bir kuni yolgʼondan oʼzining qabr toshini yasab, bir qabrga oʼxshash doʼmpaygan joyga qoʼyib qoʼyadi. Buni joyni tasodifan koʼrib qolgan Nozimaning qoʼrquvdan esxonasi chiqib ketadi va Jamolni rostdan ham arvoh, deb oʼylab, onasi bilan birga tezlikda dala hovlidan ketib qolishadi. Jamol oʼz hazili boshiga balo boʼlganligini anglab, afsus chekib qolib ketadi. U yana Nozimani qidirib topa oladimi? Topgan taqdirda ham, endi qiz uning tirikligiga ishonarmikan? Смотреть
2009 Ichkuyov Elyor Toʼytepalik talaba yigit. U kontraktini toʼlash uchun pul topolmay, noiloj mashina yuvish shaxobchasiga ishga joylashadi. Bu yoqda esa, shaharning badavlat tadbirkorlaridan biri Аnvarbek akaning qizi Goʼzal juda ham qaysar boʼlib, hamma kelgan sovchilarni rad qilayotgan edi. Аnvarbek aka uni doʼsti Shoxruh akaning oʼgʼli Ravshanbekka uzatmoqchi boʼladi. Аmmo, Ravshanbek bilan uchrashuvga chiqqan Goʼzal u bilan tortishib, ochiqchasiga rad etib qaytadi. Bundan jahli chiqqan Аnvarbek aka Goʼzalni qanday tarbiyalashni bilmay boshi qotadi. Goʼzal bir kuni mashinasini yuvdirish uchun, tasodifan Elyor ishlayotgan shahobchaga boradi va u bilan urishib ketadi. Jahl ustida Goʼzalning shapaloq tushirganiga chidolmagan Elyor, uning ustidan magʼzava toʼla chelakni agʼdarib yuboradi. Goʼzal yigʼlab otasiga shikoyat qiladi. Аnvarbek aka esa, qizi bilan urishishga jurʼat qilgan yigit bilan shaxsan gaplashish uchun Elyorning yoniga keladi. Uni Elyorga alohida taklifi bor edi. Аnvarbek aka Elyorga qanday taklif beradi? Elyor bu taklifga rozi boʼladimi? Goʼzalni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть