Все фильмы
2015 Farhod va Shirin Farhod sevgilisi Marhaboga uylanish istagida, unga toʼy libosi tanlash uchun Toʼy liboslari saloniga olib keladi. Salon egasi Shirin esa, bu manman yigitni tavbasiga tayantirib qoʼyish uchun, u bilan “ishq oʼyini”ni boshlaydi. Аvvaliga tanlangan qimmatbaho libosni oʼzi kiyib koʼrsatadi. Soʼng, undan oʼz avtomobilini koʼrib berishni iltimos qiladi. Farhod ham, Marhaboni tashlab, Shiringa uylanishga ahd qiladi. Shundagina Shirin oʼzi boshlagan oʼyinni qanchalik jiddiylashib ketganini biladi. Аmmo, endi ortga yoʼl yoʼq edi... Farhod kimni tanlaydi, Shirinnimi yoki Marhaboni? Shirinni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2015 Taqdir o'yini Аsal taniqli aktrisa boʼlib, oʼz hayotidan mamnun edi. Shunday kunlardan birida unga tanishi badavlat yigit Otabek sovchi yuboradi. Аmmo, Аsal uni sevmasligini aytib, rad etadi. Kunlardan bir kuni u mashina yuvish shaxobchasida tilamchilik qilib yurgan Dunyo ismli qizchani uchratib qoladi. Dunyoning singlisi Nilufar ogʼir betob, ularning onasi vafot etgandi. Dunyoning qarindoshlari Nasiba va Nodir esa, Nilufarni operatsiyasi uchun hammadan yordam soʼrab, televizorda ham eʼlon berdirib, pul yigʼishayotgan edi. Lekin, ular aslida bu pullarni oʼzlariga olishni reja qilishayotgandi. Аsal esa, Dunyo va Nilufarga rahmi kelib, astoydil yordam berishga ahd qiladi. U buning uddasidan chiqa oladimi? Nasiba va Nodirning rejasi amalga oshadimi? Dunyo va Nilufarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2012 Men yulduzman Lola mashhur yulduz. U juda erkatoy va injiq boʼlib, bir uni tasodifan oʼz prodyuseri bilan urishib qoladi. Prodyuseri uni telefonsiz, pulsiz bir oʼzini bir qishloqqa tashlab ketadi. Lola yoʼl qidirib, tasodifan traktorchi Normatning uyiga borib qoladi. Normat traktorchi unga uyidan joy beradi. Qishloq hayoti, Lolaning hayot haqidagi tasavvurlarini butunlay oʼzgartirib yuboradi... U oʼzini bu yerda nimalar kutayotganidan butunlay bexabar edi. Normat esa, Lolaga koʼngil qoʼyadi. Аmmo, bu erkatoy yulduzga oʼz tuygʼularini izhor qilishga gʼururi yoʼl qoʼymaydi. Ikkovini oldinda nimalar kutyapti? Ularning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2010 Изъян Работающего в банке Фаруха судят по обвинению в мошенничестве с кредитами. Чтобы вызволить сына из тюрьмы, его мать продает машину и дом, отдав долги финансовому учреждению. Главный герой оказывается на свободе и намерен найти деньги, чтобы вернуть свое жилище. Вскоре он узнаёт о смертельном заболевании дочери директора банка и предлагает ей брак по расчету… Смотреть
2011 Jodugar Badavlat oilaning oʼgʼli Farhod ogʼir kasallikka duchor boʼlgan. Qancha davolansa ham, uning dardiga shifo topilmaydi. Shunda yigitning onasi uni shaharda nomi chiqqan ekstraseans qiz Ruxshonaga koʼrsatish uchun olib keladi. Davolash vaqtida Farhod Ruhshonani sevib qoladi. Unga uylanmoqchi boʼlib, otasi bilan tanishtirish uchun uyiga olib keladi. Shunda, Ruhshonaga Farhodning otasini mudhish jinoyati maʼlum boʼladi. Buni sezgan ota, Ruxshonadan qutilishni oʼylab qoladi. U oʼzi istagandek Ruxshonani nobud qila oladimi? Farhodning kasali tuzaladimi? Ularning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2012 O'jar kelin 'Sherzod Dilnozaga uylanganiga 4 yil boʼlgan. Аmmo, haligacha ular befarzand boʼlib, farzand koʼrishni juda orzu qilishadi. Shunday kunlarning birida Dilnozada homiladorlik belgilari paydo boʼladi. Lekin, afsuski, shifokorga murojaat qilganda, bu “yolgʼon homila” ekanligi maʼlum boʼladi. Bundan asabi buzilgan Dilnoza endi qoʼpollashib, eri va qaynonasi bilan urisha boshlaydi. Borgan sari uni asabi taranglashib, oilada chidab boʼlmas vaziyat yuzaga keladi... Bu holatda Sherzod qanday yoʼl tutadi? Dilnoza oʼz xatosini anglab yetadimi? Ular farzandli boʼlishadimi?
' Смотреть