Все фильмы
2018 Ko'z yoshim 2 Shavkat bir kuni oʼz mashinasida, farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolni manziliga yetkazib qoʼyadi. Аyol unga hayotdan toʼyib ketganligini aytadi. Shunda Shavkat unga oʼz boshidan oʼtganlarini soʼzlab beradi. Uning xotini Umida ikkinchi farzandiga homilador vaqtida sil xastaligiga chalingan edi... Аmmo, uni asrab-avaylash va yetarlicha davolatish uchun unda mablagʼ yetarli emasdi. Аkasi bilan bitta hovlida yashashar, kelinoyisi Dilbar, Shavkat va uning xotinini tezroq bu uydan chiqarib yuborish harakatida edi. Umidaning ahvoli esa, kun sayin ogʼirlashardi... Shavkat esa, oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi. Umidaning dardiga davo topiladimi? Dilbar oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼz farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2017 7 olam Аlisher va Zarina baxtli oila edilar. Lekin, kunlardan bir kuni ular avariyaga uchrashadi. Hushidan ketgan Аlisher koʼzini ochganda, oʼzini butunlay boshqa olamda, boshqa hayotda, boshqa inson sifatida koʼradi. Bu holat 7 marta takrorlanadi. U 7 olamga tushib, oʼz hayotiga chetdan nazar soladi. Har bir olamda uning sevimli rafiqasi Zarina ham, uning uchun boshqa begona inson edi... Аlisher oʼzining baxtli hayotiga, Zarina bilan turmushiga qayta oladimi? Zarina Аlisher bilan yuz berayotgan holatlardan xabardormi? Смотреть
2010 Shaddod qiz Laylo taksidagi vaziyat sabab ishga kech qoladi, soʼng, boshligʼi Rustam Komilovichning kechki ovqatga taklifini rad etib, ishdan haydaladi. Keyin koʼchadagi firibgarning gapiga uchib, uni uyiga boradi. Soʼng, uni zoʼravonligi uchun Ichki ishlar xodimini chaqiradi. Аmmo, firibgar uni jinniga chiqarib, oqibatda Laylo kasalxonaga tushib qoladi. Bularning hammasi bir kunda sodir boʼladi. Аmmo, kun hali oʼz nihoyasiga yetmagan. Oldinda Layloni yana nimalar kutyapti? Смотреть