Все фильмы
2018 Parvoz 'Parvoz' filmi insonlarni to‘g‘ri yo‘lga chorlash, axdga sadoqatli bo‘lish, xalol umr kechirish g‘oyalarini aks ettirgan.
Film voqealari tuxmat girdobida qolgan yigitning xaqiqat yo‘lidagi kechinmalari va sevgisini uchratishi haqida ...' Смотреть
1980 Har uchinchi Buyuk Vatan urushi... Uning son-sanoqsiz mashaqqatli yo‘llaridan biri yosh o‘zbek askari Rahim Zamonbekovni belarus partizanlari otryadiga olib keldi. Bungacha esa – artilleriya polkining dushmanning ustun kuchlariga qarshi og‘ir jangi, jangovar safdoshlarining qahramonona halok bo‘lishi, dushman ortida bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l. Go‘yo muqarrar o‘limdan Rahimni o‘z hayoti evaziga qutqarib qolgan belaruslik qariya dehqon bo‘ldi. Ushbu sinovlar ichida Vatan himoyachilaridan biri bo‘lgan yosh jangchining yuragi mustahkamlanib boradi Смотреть
2007 O'tov Ubay tog' etagida, kichik bir o'tovda o'g'li bilan yashaydi. Uning bobosi sovet hokimiyati tomonidan quloq qilingan, otasi esa 'xalq dushmani' sifatida Sibirga surgun qilingan. Ubay namozini kanda qilmaydi, ro'zg'orini yuritadi va o'g'lini tashqi dunyodan imkon qadar asrab yashaydi: uni institutga kirishiga ruxsat bermaydi, hatto armiyadan ham pul berib olib qoladi. Lekin o'g'liga bu ortiqcha g'amxo'rlik yoqmaydi. Unga yoqqan qiz ham boshqa birovga turmushga chiqib ketgan. Bir kuni u uyga televizor olib keladi. Ubay esa o'g'lini chin dildan yaxshi ko'rsa-da, ich-ichidan og'riq bilan qaraydi - o'g'li tobora undan, uning nazoratidan uzoqlashib borayotgandek. Ota bilan o'g'il orasidagi munosabatlar asta-sekin murakkablashadi… Смотреть
2023 Sarobga yo'l Filmda oilali erkakning nafs yo'lida begona ayol bilan munosabat qurib, oilasiga xiyonat qilish arafasida boshidan kechirgan sinovli taqdiri hikoya qilinadi. Film g'oyasi oila muqaddas qo'rg'on ekanligi, nikoh rishtasini nafs sarobi yo'lida boy bermaslik lozimligini ilgari suradi. Смотреть