Все фильмы
2016 O'z uyingni o'zing asra Аsatillo Samarqandlik boʼlib, xotini Robiya bilan totuv yashashadi. Аmmo, eru xotinning 4 ta bolasi tugʼilib vafot etgan. Robiya beshinchi bolasini dunyoga keltirish arafasida, toʼlgʼoq tutayotganda yerga yotib olib, nola qiladi. Farzandiga umr berishini yaratgandan soʼraydi. Niyati amalga oshib, bolasi tirik qoladi. Oʼgʼliga Poʼlat, deb ism berishadi. Oʼgʼli Poʼlat voyaga yetgach, xoʼjalik raisi boʼlib, mehnatdan tinmaydi. Keksayib qolgan otasi Аsatillo xoʼjalikni kengaytirish uchun boʼsh yotgan yerni olib, oʼzlashtirmoqchi boʼladi. Аmmo, ularning qishloqdoshi badavlat Аvaz ham shu yerga koʼz tikkan va chet eldan hamkorlar ham topgan edi. Yer kimga nasib etadi? Poʼlat va Аvaz oʼrtasida ziddiyatli vaziyatning yechimi qanday boʼladi? Смотреть
2021 Bosh ko'targan bojalar Badavlat tadbirkorning 4 ta qizi bor. U 3 ta qizini uzatgan. Kuyovlarini ta'minlab qo'ygan. Xotini bevaqt vafot etgan. O'zi esa, Salimaxonni sevadi. Аmmo, kenja qizi Sevarani uzatmaguncha uylanmoqchi emas! Uning kuyovlari qaynotasining boyligidan foydalanib yashashadi. Biri qassob, biri bozorda savdo qiladi. Uchinchisi omadi yurishmagan san'atkor. Unga qaynotasining pullari ham, muvaffaqiyat qozonishiga yordam bera olmagan. Shuning uchun ham, bu uch kuyov bojalar, bu xonadonga o'zlaridan ko'ra omadliroq kuyov kelishini istashmaydi. Ularning niyati, Sevaraga birorta lapashangroq kuyov topish! Bojalar shu niyatda harakatni boshlab yuborishadi. Ular bu niyatiga yetishadimi? O'zi Sevaraning ko'ngli kimda? Смотреть