Все фильмы
2010 Shomurod va Durdona Shomurod oʼz xotini Durdona bilan tinimsiz urishaveradi. Bir kuni ikkovi mana shu urishishlarning oqibatida kutilmagan holatga duch kelishadi. Ularning qizi betob boʼlib qoladi. Eru xotin doriga pul ishlash uchun, badavlat bir insonning uyini tozalashga borishadi. U yerda ular oʼzlari kutmagan holda bir jinoiy ishga guvoh boʼlib, aybsiz aybdorga aylanishadi. Shomurod va Durdonani xonadon egalari katta miqdordagi pulni oʼgʼirlaganlikda ayblab, qamab qoʼyishadi. Ular u yerdan bir amallab qochib chiqishadi. Shaharda ularga qidiruv eʼlon qilinadi. Endi ular oʼsha pullarni topishlari va oʼzlarining jinoyatchi emasliklarini isbotlashlari kerak edi. Shomurod va Durdona buning ustidan chiqa olishadimi? Смотреть
2013 To'yidan qochganlar Salmon va Lola turmush qurishyapti. Toʼy avjida, kelin libosidagi Lola dugonalari bilan kuyovning kelishiga, birga FHDYo ga borishga tayyorgarlik koʼrishyapti. Bu yoqda esa, Salmon doʼstlari bilan kelinnikiga borishga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Doʼstlari unga toʼydan keyingi qiyinchiliklar haqida gapirishyapti. Salmon bularni eshitib oʼylanib qoladi. Bu yoqda esa esa, Lolaning dugonalari unga turmushga chiqqandan soʼng, er bilan kelib chiqadigan muammolarni aytib, qoʼrqitishyapti. Oxiri Lola bu gaplardan qoʼrqib, turmushga chiqishga ikkilanib, kelin libosida qochib ketadi. Ortidan Salmon uni toʼxtatmoqchi boʼlib chiqib ketadi. Аmmo, Lola toʼxtamay qochadi. U qaerga, nima uchun ketayotganligini ham bilmasdi... Salmon Lolani toʼxtata oladimi? Ularning toʼyi boʼlarmikan? Смотреть
2010 O'xshatmasdan uchratmas Shahloning otasi Baxtiyor akaning rafiqasi rashkchi boʼlib, bir ayolni uning uyiga qoʼngʼiroq qilib, erini soʼrayverishi gʼashini keltiradi. Bu Mamlakat opa boʼlib, oxiri Baxtiyor akaning rafiqasi uni qoʼlga tushiradi. Аmmo, ayolning niyati u oʼylagandek emasdi... Аziz gʼirt bekorchi, Farhod esa, fotograf. Ikkovi bir-biriga egizakdek oʼxshash. Ular rostdan ham egizaklarmi? Yoki shunchaki oʼxshash qiyofalar? Ularni Baxtiyor aka bilan nima bogʼlab turadi? Смотреть