Все фильмы
2015 Farhod va Shirin Farhod sevgilisi Marhaboga uylanish istagida, unga toʼy libosi tanlash uchun Toʼy liboslari saloniga olib keladi. Salon egasi Shirin esa, bu manman yigitni tavbasiga tayantirib qoʼyish uchun, u bilan “ishq oʼyini”ni boshlaydi. Аvvaliga tanlangan qimmatbaho libosni oʼzi kiyib koʼrsatadi. Soʼng, undan oʼz avtomobilini koʼrib berishni iltimos qiladi. Farhod ham, Marhaboni tashlab, Shiringa uylanishga ahd qiladi. Shundagina Shirin oʼzi boshlagan oʼyinni qanchalik jiddiylashib ketganini biladi. Аmmo, endi ortga yoʼl yoʼq edi... Farhod kimni tanlaydi, Shirinnimi yoki Marhaboni? Shirinni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2017 Xasta Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi? Смотреть
2015 Ishdagi ishq Davron yosh boʼlsa ham, oʼz biznesi, oʼz kafesiga ega tadbirkor yigit. Uning ish yurituvchisi Ergash aka esa, oʼz manfaatini oʼylovchi, insofsiz kishi. Davron dastlab bundan bexabar Ergash akaga ishonadi. Аmmo, borgan sari Ergash akaning noinsofliklari ortib boradi. U kafega yangi ishga kelgan, halol ishlayotgan tarbiyali qiz Malikaga ochiqchasiga tuhmat qilib, uni Davronga ahloqsiz qiz qilib koʼrsatmoqchi boʼladi. Chunki, u qizga Davron koʼngil qoʼygan edi. Davron Malikaga ishonadimi yoki Ergash akaga? Haqiqat qaror topadimi? Davron va Malikaning muhabbati qanday yakun topadi? Ergash aka oʼz jazosini oladimi? Смотреть
2012 Смотреть
2012 Смотреть
2011 Omadli yigitlar Аvazni qishloqda aldamagan odami qolmagan. U haqiqiy yolgʼonchi. Shuni bilgani uchun ham, sevgan qizining otasi zavod direktori, qizini boshqaga uzatib yuborgan. Аvaz endilikda oliygohga oʼqishga kirmoqchi boʼlib, test natijasini bilish uchun Toshkentga joʼnaydi. Boshqa bir yigit Xurshid esa, testdan ball yetmay Tosh Miga oʼqishga kirolmaydi. U Buxoroga qaytib ketish uchun, vokzalga boraman, deb taksi toʼxtatganda, Bosit aka bilan tanishib qoladi. Bosit aka unga Toshkentda qolib, “tayyorlov kursi”ga kirib oʼqishni, tayyorlanib kelgusi yili oʼqishga kirishni taklif etadi. Uni yashab turishi uchun, tekinga ijara uyga olib boradi. U yerda Shermat, Poʼlat va yana bir necha yigitlar yashashardi. Xurshidga ogʼaynisi qoʼngʼiroq qilib, “kirolmadingmi?” deb masxara qilganda, u noiloj yolgʼondan “kirdim” deb yuboradi. Ogʼaynisi esa, buni uning ota-onasiga yetkazadi. Аvaz ham, noiloj otasini ranjitmaslik uchun telefonda “oʼqishga kirdim” deb yuboradi. Shundan soʼng u ham, ijara uy qidirib, yigitlar yashayotgan Bosit akaning uyiga kelib qoladi. Bu yigitlarning taqdiri qanday kechadi? Ular kelajakda oʼzlari orzu qilgandek talaba boʼla oladilarmi? Смотреть
2018 Sevgi sotilmas Juda badavlat Umar aka oʼzining ogʼir betobligini bilib qoladi. Uning xotini Shodiya bevaqt vafot etgan, oʼzi birgina qizi Sadoqatni voyaga yetkazgan. Doʼsti shifokor Poʼlat unga 3 oy umri qolganini aytadi. Shunda Umar aka, yolgʼizgina qiziga mos kuyov topishni oʼylaydi. Oʼylab, oxiri sinashta deb, doʼsti Bahodirning oʼgʼli Umidni kuyovlikka munosib koʼradi. Hamma ishini unga topshiradi. Аmmo, qizi Sadoqat bunga rozi boʼladimi? Uning koʼngli aslida kimda? Bahodir va uning oʼgʼli Umid, Umar akaning ishonchini oqlasharmikan? Смотреть
2012 Смотреть