Все фильмы
2019 Смотреть
2011 Zamonaviy sovchilar Sanjarni akasi Sobir aka mahalladagi eng badavlat inson Shavkatboyga juda ham oʼxshaydi. Sobir aka yoshi qirqdan oshgan boʼlsa ham, hali ham boʼydoq edi. Sanjar esa, Nargiz ismli qiz bilan urishib, bahslashib yurib, unga koʼngil qoʼyadi. Lekin, Nargiznikiga sovchilikka borib, rad javobini olmaslik uchun, Sanjar hiyla ishlatmoqchi boʼladi. U akasi Sobir akani Shavkatboy qiyofasiga kiritib, sovchilikka olib boradi. Bu hiyla ish beradimi? Nargizning oilasi uni Sanjarga turmushga berishga rozi boʼlishadimi? Sobir aka oʼz baxtini topadimi? Смотреть
2012 Zamonaviy sovchilar 2 Sobir akaning jiyani, yaʼni qassob togʼasining oʼgʼli Doniyor, badavlat xonadon egasi Rustam akaning qizi Shahloni sevadi. Sobir aka avtobus haydaydi, kamtargina hayot kechiradi. Shuning uchun ham, Rustam akaning xotini Doniyorning sovchilarini mensimay rad javobini beradi. Shunda Doniyor Sobir akani frantsuz dizayneri qiyofasida Rustam akanikiga mehmonga borishga koʼndiradi. Sobir aka Doniyor bilan birga Frantsiyadan kelgan dizayner boʼlib, unikiga tashrif buyuradi. Rustam aka qachon bu yolgʼonni fosh etadi? U yolgʼiz qizini Doniyorga turmushga berishga rozi boʼladimi? Shahlo va Doniyorning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2013 Zamonaviy sovchilar 3 Shavkatboy juda badavlat boʼlsa ham, xotinining vafotidan soʼng, yolgʼiz hayot kechiradi. Bittagina oʼgʼli Sanjarga ham, ishlariga ham biroz eʼtiborsiz boʼlib qolgan. Opasi uni uylantirish harakatida qiz qidira boshlaydi. Shunday kunlarning birida
Mirzakarim aka undan olgan uyning pulini Poʼlat aka orqali yetkazmoqchi boʼladi. Poʼlat aka unga qoʼngʼiroq qilib, pulni oʼz yordamchilaridan yuborishini aytadi. Shavkatboy rozi boʼladi. Shu vaqtda Shavkatboyning oʼgʼli Sanjar, Sobir akadan qiyofasi otasiga oʼxshash boʼlgani uchun, otasining oʼrniga maktabdagi ota-onalar majlisiga borib berishini iltimos qiladi. Sobir aka rozi boʼlib, Shavkatboy qiyofasida koʼchada ketayotganda, Poʼlat akaning yordamchilari, uni Shavkatboy deb, oʼylab pulni unga topshirib ketishadi. Sobir aka bu pullarni koʼrib, esankirab qoladi. Sobir aka qanday yoʼl tutadi? U pullarni Shavkatboyga qaytaradimi? Shavkatboy-chi? U oʼz baxtini topadimi? Смотреть
2017 Смотреть
2014 Смотреть