Все фильмы
2014 Salom Natasha Umid hayotda oʼzini omadsiz, deb biladi. Chunki, uni ishi yurishmaydi. Uylangan rafiqasi ham, undan ajrashib, boshqasiga turmushga chiqib ketadi. U oʼsha rafiqasining toʼyi kuni, kuyovning doʼstlari bilan mushtlashib, Ichki ishlar boʼlimiga borib qoladi. U yerda tasodifan Natasha ismli qiz bilan tanishib qoladi. Natashaning yigiti xiyonat qilgani uchun, u oʼzini oʼldirmoqchi edi. Umid uning hayotini saqlab qoladi. Soʼng, uyga qaytishdan qoʼrqqan qizni oʼz uyiga olib boradi. Аmmo, bu sir Umidning ota-onasiga oshkor boʼladi. Umidning ota-onasi Natashaga qanday munosabatda boʼlishadi? Natasha-chi? U Umidga aslida qanday munosabatda? Umidning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2010 Kichkina xo'jayin Korxona rahbari Olim aka safarga ketish oldidan xorijga ketgan oʼgʼli Rustamni korxonaga boshliq qilib tayinlab ketadi. U Jalil akaga oʼgʼli Rustamga yordam berishni tayinlaydi. Аmmo, Jalil aka Rustamni koʼrmagan edi. Rustam otasining mashinasida ishga kelayotib, bir vaziyat sabab, mashinani doʼsti Jamshidga topshiradi. Jamshid mashinani haydab korxonaga kelganda, Jalil aka uni boshliqning oʼgʼli Rustam deb, oʼylaydi. Piyoda ishga kelgan Rustamni esa, ishchi deb, oʼylab, unga qoʼpol muomala qiladi. Korxonadagi haqiqiy ahvolni bilib olgisi kelgan Rustam, vaqtincha, haqiqatni oshkor qilmay, ishchi boʼlib ishlashda davom etadi. Jalil aka hali bu ishlarning oqibatidan bexabar edi... Смотреть