2009 Qalbaki dunyo Jamshid singlisi Sitora va ammasi Malika opa bilan birga yashashardi. Uning shifokor otasi Аlisher aka vafot etgan boʼlib, u davolagan Halima ayadan unga katta miqdorda meros qoladi. Buni eshitib, ammasi Malika, Аlisher akaning hamkasbi shifokor Kozim bilan birga qabih reja tuzishadi. Unga koʼra, Malika Jamshidga asta-sekin taʼsir koʼrsatib, oʼlimga olib boradigan dori berib borishi kerak edi. Jamshidning oʼzi esa, ammasining razil niyatlaridan bexabar boʼlib, unga qattiq ishonardi. Аmmo, Jamshidning sevgilisi Kamola kutilmaganda bu sirdan voqif boʼladi. Kamola Jamshidni qutqara oladimi? Malikaning siri fosh boʼladimi? Jamshidning taqdiri qanday kechadi?
2008 Nortoy Nortoy oʼz doʼstlari bilan pul evaziga har qanday ishni qila oladigan yigit. Unga “Lupa” va “Qiltiriq” laqabli yigitlar halaqit berib, nuqul tirikchilik manbaini qirqmoqchi boʼlishadi. Nortoy koʼplab sarguzashtlarga duch keladi. Kunlardan bir kuni u juda badavlat odamning qizini sevib qoladi. Bu oila uni kuyov sifatida qabul qilarmikan? Nortoyning taqdiri qanday kechadi?