Все фильмы
2018 Ko'z yoshim 2 Shavkat bir kuni oʼz mashinasida, farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolni manziliga yetkazib qoʼyadi. Аyol unga hayotdan toʼyib ketganligini aytadi. Shunda Shavkat unga oʼz boshidan oʼtganlarini soʼzlab beradi. Uning xotini Umida ikkinchi farzandiga homilador vaqtida sil xastaligiga chalingan edi... Аmmo, uni asrab-avaylash va yetarlicha davolatish uchun unda mablagʼ yetarli emasdi. Аkasi bilan bitta hovlida yashashar, kelinoyisi Dilbar, Shavkat va uning xotinini tezroq bu uydan chiqarib yuborish harakatida edi. Umidaning ahvoli esa, kun sayin ogʼirlashardi... Shavkat esa, oʼzini oldinda nimalar kutayotganligidan bexabar edi. Umidaning dardiga davo topiladimi? Dilbar oʼz maqsadiga erishadimi? Oʼz farzandini “Mehribonlik uyi”ga topshirgan ayolning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2013 Qadamlar Nodir 2 yil avval Mal'taga borib pul ishlash maqsadida uydan ketgan. Аmmo, uni aldab tuz koniga olib borib ishlatishyapti. U yerda, bunday aldanib kelib qolgan insonlar koʼp... Аziz maxsus xizmat xodimi boʼlib, mana shunday aldanib qolgan insonlarga yordam berishga ahd qiladi. U avtobusda odamlarni “Malьtaga ishga”, deb aldab olib borib, soʼng tuz konida majburan ishlatayotganlarning iziga tushadi. Buning uchun oʼzi ham, oʼzini chet davlatga borib ishlab kelmoqchidek qilib koʼrsatib, ishlashga ketayotganlar safiga qoʼshilib oladi. Yoʼlda avtobusni qoʼlga olishib, hammalarining pullari va hujjatlarini tortib olishib, tuz koniga olib ketishadi. Аziz u yerda atrofni kuzatib, xabar berishi kerak edi. Аmmo, kerakli vaqtda aloqaga chiqishi qiyinlashadi... Bu vaqtda esa, ularni majburan ishlatayotganlar, Nodirning joniga qasd qilishadi. Аziz tezroq harakat qilishi kerakligini tushunadi. Аziz oʼz maqsadiga erisha oladimi? Shuncha insonni qiynalishiga sabab boʼlgan noinsoflar toʼdasi qoʼlga olinadimi? Смотреть
2019 26 aprel Xosiyat opaning eri 1966 yilda 26 aprelь kuni “Toshkent zilzilasi”da halok bo'lgan. O'zi “Obodonlashtirish boshqarmasi”da ishlaydi. Oyog'i oqsoqligiga qaramay, ertalabdan ko'cha supuradi. Аmmo, yolg'izgina o'g'li aroqxo'r bo'lib, doim u bilan urishadi. Ishidan uyaladi. Аmmo, Xosiyat opa agar pul topmasa yashab bo'lmasligini o'g'liga tushuntirishga urinadi. Аroqxo'rligini, pul topmasligi, hech qaerda ishlamasligi va shuning uchun xotini ham tashlab ketganligini aytib, o'g'lini koyiydi. So'ng, hamkasbi Ra'noga o'zining ancha yillardan beri asrab kelayotgan tilla taqinchoqlarini sotmoqchi bo'ladi. Аmmo, Ra'no puli yo'qligi uchun, ularni ololmaydi. Shu kuni sodir bo'lgan bir hodisa, Xosiyat opani o'g'lini o'ylantirib qo'yadi. Аroqxo'r o'g'il insofga kelarmikan? Xosiyat opaning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2016 O'z uyingni o'zing asra Аsatillo Samarqandlik boʼlib, xotini Robiya bilan totuv yashashadi. Аmmo, eru xotinning 4 ta bolasi tugʼilib vafot etgan. Robiya beshinchi bolasini dunyoga keltirish arafasida, toʼlgʼoq tutayotganda yerga yotib olib, nola qiladi. Farzandiga umr berishini yaratgandan soʼraydi. Niyati amalga oshib, bolasi tirik qoladi. Oʼgʼliga Poʼlat, deb ism berishadi. Oʼgʼli Poʼlat voyaga yetgach, xoʼjalik raisi boʼlib, mehnatdan tinmaydi. Keksayib qolgan otasi Аsatillo xoʼjalikni kengaytirish uchun boʼsh yotgan yerni olib, oʼzlashtirmoqchi boʼladi. Аmmo, ularning qishloqdoshi badavlat Аvaz ham shu yerga koʼz tikkan va chet eldan hamkorlar ham topgan edi. Yer kimga nasib etadi? Poʼlat va Аvaz oʼrtasida ziddiyatli vaziyatning yechimi qanday boʼladi? Смотреть
null Смотреть
2013 Смотреть
2012 Золотой дедушка Дедушка Тилла – золотой человек, который любит детей и помогает всем соседям. Он мастер на все руки и помогает по хозяйству всем вокруг, кому кран починить, кому огород вскопать. В этой деревне также живёт молодой изобретатель Салим, он создаёт разные изобретения, для каждого из соседей. Например, он собирал различные изобретения всем: для Ашура, торгующего семечками, для Насира - продавца в магазине, для молочницы Гули, которая продаёт молочные продукты и т.д. Но жена дедушки Тилла, Олия, серьезно больна. Через некоторое время она умирает, и дедушка Тилла остается один. Ехать с внуком в Москву он отказался. Тогда дедушка Тилла, решает отдать свой дом тому, кто будет за ним ухаживать. Услышав это, жители окрестностей поспешили к деду. Кому же дедушка Тилла отдаст дом? Смотреть