Все фильмы
2013 To'yidan qochganlar Salmon va Lola turmush qurishyapti. Toʼy avjida, kelin libosidagi Lola dugonalari bilan kuyovning kelishiga, birga FHDYo ga borishga tayyorgarlik koʼrishyapti. Bu yoqda esa, Salmon doʼstlari bilan kelinnikiga borishga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. Doʼstlari unga toʼydan keyingi qiyinchiliklar haqida gapirishyapti. Salmon bularni eshitib oʼylanib qoladi. Bu yoqda esa esa, Lolaning dugonalari unga turmushga chiqqandan soʼng, er bilan kelib chiqadigan muammolarni aytib, qoʼrqitishyapti. Oxiri Lola bu gaplardan qoʼrqib, turmushga chiqishga ikkilanib, kelin libosida qochib ketadi. Ortidan Salmon uni toʼxtatmoqchi boʼlib chiqib ketadi. Аmmo, Lola toʼxtamay qochadi. U qaerga, nima uchun ketayotganligini ham bilmasdi... Salmon Lolani toʼxtata oladimi? Ularning toʼyi boʼlarmikan? Смотреть
2016 Seni sevdim Ravshan aka halol dehqon boʼlib, olmaning yangi navini yaratganligi uchun, Daniyaga taklif etiladi. U yolgʼiz qizi Lolani yaqin doʼsti, qadrdoni badavlat tadbirkor Odilxonnikida qoldiradi. Chunki, uning ayoli Dilbar opa Lolani oʼz qizidek koʼrardi. Odilxonning xorijga oʼqishga ketgan oʼgʼli Farhod bu vaqtda uyga qaytadi va kutilmaganda Lolaga koʼngil qoʼyadi. Bu esa, Odilxonning biznes hamkori Hamid akaning rejalarini buzib yuboradi. U payt poylab Lolaga tuhmat uyushtiradi. Buning oqibatida Ravshan aka va Odilxon aka doʼstligiga ham putur yetadi. Ularning doʼstligi qayta tiklanadimi? Farhod va Lolaning muhabbati nima boʼladi? Ularning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Смотреть