Все фильмы
2019 Uzilgan rishta Yulduz teatr direktorining qizi boʼlib, Yorqin oʼsha teatrda aktyor edi. U qobiliyatli boʼlib, bosh rollarni ijro qilgani uchun teatrdagi hamkasblari, jumladan Fariz unga hasad qila boshlashadi. Yulduz Yorqinni sevishini oʼz ota-onasidan sir tutar edi. Kunlardan bir kuni unga otasi, uni uzatmoqchi ekanligini aytadi. Аmmo, Yulduz bunga qarshilik qiladi. Shunda otasi, hiyla ishlatib u bilan Lazizbek degan homiy uchrashmoqchiligini aytadi. Yulduz esa, bu uchrashuvga Yorqinni ham birga olib boradi. Yorqin uchrashuvga borganda vaziyatni tushunib, qaytib ketmoqchi boʼlganda, Yulduz ham, Lazizbek ham uning ketishiga yoʼl qoʼyishmaydi. Yulduz kimga turmushga chiqadi? Yorqingami yoki otasi aytgan yigitga? Yorqinning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2018 Temur Temur Davlatov sport bilan shugʼullanadi. Uning otasi Xavfsizlik xizmati xodimi boʼlib, Аfgʼonistonda xizmat vazifasini bajarish chogʼida u bilan aloqa uzilib qoladi. Uni vahshiy terrorchi Husayn qoʼlida deb, tamin qilishadi. Otasi oʼz ishiga sadoqati tufayli, Temur va uning onasiga koʼp vaqt ajrata olmagan. Temurning oʼzi ham voyaga yetgach, kuchli sportchi boʼlib, pulga qonun-qoidasiz janglarda qatnashib turadi. Otasi bilan yuqoridagi holat sodir boʼlgach, otasining hamkablaridan biri, Temurga otasini qutqarishi kerakligini tushuntiradi. Temur ham katta xavfni oʼz boʼyniga olib, otasini qutqarishga rozi boʼladi. Bu vaqtda uning otasini qoʼlga tushirgan deb, gumon qilinayotgan Husayn ismli terrorchining oʼgʼli Xoliq Oʼzbekistonda qamoqda edi. Xoliq Razzoqov aslida Husayn ismli terrorchining oʼgʼli boʼlib, Husaynning asl ismi-familiyasi Qosim Razzoqov edi. Shunda Temurni ataylab jinoyat qilgan, deb qamoqqa Holiqning yoniga kirgazishadi. Temur qamoqda uning hayotini saqlab qoladi. Soʼng, ikkovi birga qamoqdan qochib, chegaradan oʼtib Аfgʼonistonga yoʼl olishadi. Temur u yerda oʼzini nimalar kutayotganligini bilmasdi... U otasini qutqara oladimi? Смотреть
2014 Смотреть
2007 Zumrad va Qimmat Zumradning onasi kenja farzandini dunyoga keltiraman, deb u bilan birga hayotni tark etadi. Otasi esa, buvisining gapiga kirib, oʼz qarindoshining qizi Izzatoyga uylanadi. Uning ikki qizi bor edi Qimmat va Hurmat ismli qizlari bor edi. Oʼgay ona Izzatoy bir zumda xonadonni egallab, Zumradni kamsitib, oʼz qizlarini ustun qoʼya boshlaydi. Zumrad esa, undan qoʼrqqani uchun oʼz otasiga bu haqida aytolmaydi. Qizlar voyaga yetishadi. Qimmat va Hurmat uyning erkatoylariga aylanishgan edi. Аmmo, uyning haqiqiy egasi boʼlgan Zumrad oʼzini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Chunki, u oʼgay onasi tufayli, allaqachon oʼz xonadonning xizmatkoriga aylanib boʼlgandi... Lekin, oldinda taqdirning unga atalgan tuhfalaridan bexabar edi... Смотреть