2024 Puling bo'lsa Filmda Alijon ismli mehnatsevar olim haqida so‘z boradi. U o‘z umrini pillachilikka baxshida qilgan. Uning urinishlari necha yildirki, samarasiz. Shunga qaramay, u o‘z sevgan kasbidan voz kecholmaydi. Shuningdek, u o‘z laboratoriya jihozlarini uyiga ko‘chirib olib, tun-u kun tinimsiz ishlaydi. Kunlarning birida qishloqdan otasi mehmonga keladi-yu, o‘g‘lining mukkasidan ketib ishlayotganidan jahli chiqib, unga tanbeh beradi. Ota-o‘g‘ilning bu safargi suhbati Alijon hayotida keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ladi.
2012 Baxt uyi Yosh qiz butun oilaviy tashvishlarni o‘z zimmasiga oladi. U nogiron opasiga g‘amxo‘rlik qilishi kerak edi. Malika hatto shaxsiy baxtidan voz kechib, turmush qurmaslikka qaror qiladi. Ammo opasi bunday qurbonlikni qabul qilishga tayyor emas – u joniga qasd qilishga urunadi.
2022
2005
2022