Все фильмы
2015 Katta odam Ota-onasi Аkbarni doim yosh bola deb, koyishadi. U esa, doim “kattalarga mazza, kattalar maktabda oʼqishmaydi, ularga hamma narsa mumkin”, deb fikrlaydi. U “qani edi kattalar bolalarning oʼrnida, bolalar esa kattalarning oʼrnida boʼlib qolishsa”, deb orzu qiladi. Bir kuni Аkbar maktabga ketayotib bir qariyani yukini koʼtarib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Qariya esa, buning evaziga unga sehrli ruchka sovgʼa qiladi. “Bu ruchkada yozilgan tilaklaring amalga oshadi” deydi. Аkbar ruchkani olib, maktabga borgach, “Mening tilaklarim” mavzusidagi inshoda, oʼzini kattalarni oʼrnida boʼlib qolish orzusini oʼsha ruchkada yozadi. Bir zumda vaziyat oʼzgarib, uning tilagi amalga oshadi. Oʼzi otasining oʼrniga kompaniya rahbari boʼlib, ota-onasi esa, shu yoshida maktab oʼquvchilariga aylanib qolishadi. Nafaqat uning ota-onasi, balki butun shahardagi hamma kattalar yosh bolalarning oʼrnida, yosh bolalar esa, kattalarning oʼrnida paydo boʼlib qolishadi. Аmmo, bundan Аkbarning hayoti yanada chigallashadi. Chunki, u yosh bola qiyofasi va fikrlashi bilan kattalarning ishini qilolmasligi, kompaniyani yuritolmasligi aniq edi. U endi oldinda oʼzini nimalar kutayotganidan bexabar edi... U ota-onasini va boshqa kattalarni yana oʼz oʼrniga qaytara oladimi? Смотреть
2018 Nayrang Hoshimjon va Sattorjon bolalikdan birga katta boʼlishgan va qoʼshni boʼlib yashashadi. Maktabda oʼqiyotgan vaqtida ikkovi bitta qizni yaʼni, Nafisani sevishgan. Аmmo, ikkovi shu qiz tufayli qattiq urishishgach, bir-biriga qasdlikda boshqa-boshqa qizlarga uylanishgan. Endi esa, yoshlari kattaroq boʼlib, bola-chaqali boʼlishgach ham, hamon bir-birlariga nayrang ishlatishadi. Sattor ertalab oʼzini doim koʼp trenirovka qiladigan baquvvat inson qilib koʼrsatmoqchi boʼlsa, Hoshimjon oʼzini badavlat qilib koʼrsatmoqchi boʼladi. Xullas, ikkovi bir-birlariga nayrang ishlataverishadi. Аmmo, ular oldinda shu nayranglar tufayli oʼzlarini hali nimalar kutayotganligidan bexabar edilar... Смотреть