Все фильмы
2007 Notanish Nozima onasi bilan dala hovliga dam olgani kelishadi. Qoʼshni dala hovlida yashaydigan Rasul akaning jiyani Jamol, Nozimani yoqtirib qoladi. U qizning eʼtiborini tortish uchun, ular doʼkonga ketgan vaqtida, ular yashayotgan dala hovliga kirib, qozonda ovqat tayyorlab qoʼyadi. Xolodilьnikni ham mahsulotlarga toʼldiradi. Soʼng, xurmo daraxtiga pishgan qizil olmalarni bogʼlab osib qoʼyadi. Bularning hammasi Nozimaning onasini qoʼrqitib yuboradi. Аyol bu dala hovlida arvohlar bor, deb oʼylaydi. Nozima esa, bu ishlarning hammasi Jamolning ishi ekanligini bilardi. Аmmo, Jamol qiz bilan hazillashmoqchi boʼlib, bir kuni yolgʼondan oʼzining qabr toshini yasab, bir qabrga oʼxshash doʼmpaygan joyga qoʼyib qoʼyadi. Buni joyni tasodifan koʼrib qolgan Nozimaning qoʼrquvdan esxonasi chiqib ketadi va Jamolni rostdan ham arvoh, deb oʼylab, onasi bilan birga tezlikda dala hovlidan ketib qolishadi. Jamol oʼz hazili boshiga balo boʼlganligini anglab, afsus chekib qolib ketadi. U yana Nozimani qidirib topa oladimi? Topgan taqdirda ham, endi qiz uning tirikligiga ishonarmikan? Смотреть
2010 Tundan tonggacha Umidjon va Zilola uchrashuvga chiqishadi. Ikkovi bir-birini yoqtirib qolib, turmush qurishadi. Toʼydan soʼng, Zilola homilador boʼlib, koka-kola ichimligiga boshqorongʼi boʼladi. Bir kuni homilador Zilola tush koʼrib, tushida daraxtda koka-kola va banan pishib turganini koʼradi. Soʼng, uygʼonib, darrov banan yegisi kelib qoladi. Аmmo, xolodilьnikdagi bananni qaynotasi yeb qoʼyadi. Shundan soʼng, Zilola Umidjonni kechasi banan olib kelishga koʼndiradi. Umidjon banan qidirib koʼchaga chiqib ketadi va tonggacha turli ziddiyatli voqealarga duch keladi. Umidjon tonggacha banan topib kela oladimi? U yoʼqligida uyida qanday hodisalar sodir boʼladi? Смотреть
2009 Uylanish Javohir Durdonani sevadi. U Durdonaning otasini haydovchisi edi. Lekin Durdonaning otasi Javohir va oʼz qizining sevgisidan bexabar. Javohir masʼuliyatsiz yigit boʼlib, doim “qovun” tushiradi. Ishga kech keladi, baʼzida esa, adashtirib dam olish kunida ishga chiqadi. Shu tarzda Durdonaning otasini asabiylashtiraveradi. Аmmo, Durdonani sevishi haqida, hech uning otasiga aytib, qizining qoʼlini soʼrolmaydi. Sovchi yubormaydi. Durdona unga sovchilar kelayotganini aytsa ham, u hech qatʼiy bir qarorga kela olmaydi. Oxiri bir kuni Durdonaning otasi Javohirga, qizini unashtirib qoʼyganligini va tez orada toʼy boʼlishini aytadi. Buni eshitib, Javohirning dili vayron boʼladi. U endi qanday yoʼl tutadi? Смотреть
2013 Mening do'stim jin Mirfayoz oddiygina yigit. Uning onasi non yopadi, u esa, oʼsha nonlarni har kuni sotib keladi. Oʼzi kollejda oʼqiydi. Buning ustiga kollejdagi tengdoshlari Botir, Zokir, Shokir uni “piyoz” deb, doim kamsitib, haqoratlashadi. Uni kollejda birgina “ushlab” turgan bu goʼzal qiz Laylo edi. Аmmo u ham, Mirfayozni himoya qilolmasdi. Mirfayoz doim siqilganida kollej yaqinidagi tepalik ustida xomush oʼtirardi. Kunlardan bir kuni u oʼsha tepalikda tasodifan bir qadimiy chiroqni topib oladi. Uni ichidan jin chiqib, Mirfayozga 3 ta tilagini bajo keltirishini aytadi. Mirfayoz qoʼrqib ketadi. U qanday tilaklarini jinga aytadi? Mirfayozning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Jin bilan uchrashuv uning taqdirini oʼzgartira oladimi? Смотреть
2005 Sevgi fazosi Behzod kinoteatrda kino qoʼyadi. U kunlardan bir kuni u yerda chiroyli bir qizni uchratadi. Kutilmaganda kinoteatr taʼmirlash ishlari tufayli yopiladi. Shunda Behzod u qizni izlab topishga ahd qiladi. Аfsuski topganda, Gulini eri bevaqt vafot etganligi, uning beva ekanligi maʼlum boʼladi. Yodgor va Jahongir oʼzlari tanlagan institutga oʼqishga kirib, talaba boʼlishadi. Shundan soʼng, ota-onasi Jahongirni uylantirish harakatiga tushadilar. Jahongir sovchi orqali uchrashuvga chiqib, onasi tanlagan qizni yoqtirib qoladi. Аmmo, u qiz oʼzini Dilshod degan sevgan yigiti borligini aytib, undan sovchilarni qaytarishni soʼraydi. Jahongir tushkunlikka tushib qoladi. Chunki, oʼsha qizni sevib qolgandi. U qiz aytgandek qiladi. Keyin esa, oʼzi boshqa bir necha qizlar bilan uchrashuvga chiqadi. Аmmo, hech birini u qizga oʼxshatolmaydi va oʼziga oʼsha qizdan boshqasi kerakmasligini tushunib yetadi. Yodgorni esa, tasodifan Munisa mashinada urib yuboradi. Ular tanishishadi. Ikkovi bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Lekin, Munisaning tugʼilgan kunida dugonasi, Yodgorni unga yozgan maktubini ommaga oʼqib berib sharmanda qiladi. Bu esa Yodgorga qattiq tegadi. Munisa buni hazilligini aytadi, ammo, Yodgor uni kechirmaydi. Bu tengdosh uch yigitning taqdiri qanday kechadi? Behzod Gulini qaytadan yangi hayot boshlashga koʼndira oladimi? Jahongir oʼz sevgilisini qaytara oladimi? Yodgor Munisani kechira olarmikan? Смотреть