Все фильмы
2007 Zumrad va Qimmat Zumradning onasi kenja farzandini dunyoga keltiraman, deb u bilan birga hayotni tark etadi. Otasi esa, buvisining gapiga kirib, oʼz qarindoshining qizi Izzatoyga uylanadi. Uning ikki qizi bor edi Qimmat va Hurmat ismli qizlari bor edi. Oʼgay ona Izzatoy bir zumda xonadonni egallab, Zumradni kamsitib, oʼz qizlarini ustun qoʼya boshlaydi. Zumrad esa, undan qoʼrqqani uchun oʼz otasiga bu haqida aytolmaydi. Qizlar voyaga yetishadi. Qimmat va Hurmat uyning erkatoylariga aylanishgan edi. Аmmo, uyning haqiqiy egasi boʼlgan Zumrad oʼzini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Chunki, u oʼgay onasi tufayli, allaqachon oʼz xonadonning xizmatkoriga aylanib boʼlgandi... Lekin, oldinda taqdirning unga atalgan tuhfalaridan bexabar edi... Смотреть
2011 Jodugar Badavlat oilaning oʼgʼli Farhod ogʼir kasallikka duchor boʼlgan. Qancha davolansa ham, uning dardiga shifo topilmaydi. Shunda yigitning onasi uni shaharda nomi chiqqan ekstraseans qiz Ruxshonaga koʼrsatish uchun olib keladi. Davolash vaqtida Farhod Ruhshonani sevib qoladi. Unga uylanmoqchi boʼlib, otasi bilan tanishtirish uchun uyiga olib keladi. Shunda, Ruhshonaga Farhodning otasini mudhish jinoyati maʼlum boʼladi. Buni sezgan ota, Ruxshonadan qutilishni oʼylab qoladi. U oʼzi istagandek Ruxshonani nobud qila oladimi? Farhodning kasali tuzaladimi? Ularning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть