Все фильмы
null Ayol qismati 'Ayol qismati' filmi hayoti turli bosimlar va begona g'oyalar ta’sirida izdan chiqqan ayol haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon, ko'plab ayollar kabi, yaxshiroq hayot izlab yurtini tark etadi, ammo asta-sekin xavfli muhitga tortilib boradi - turli davlatlar va qarorlar orqali u ekstremistlar nazoratidagi hududga borib qoladi. Vatanidan uzoqda o'tgan yillar umid emas, balki og'ir sinovga aylanadi. Illyuziyalar barbod bo'ladi va 'yorug' kelajak' o'rniga yo'qotish hissi paydo bo'ladi - oila, erkinlik va hatto o'zini yo'qotish. Asar markazida faqat uning shaxsiy dramasi emas, balki shunga o'xshash holatga tushib qolgan o'nlab ayollarning taqdiri ham aks etadi. Oradan yillar o'tib, qahramon vatandoshlarni qutqarish operatsiyasi doirasida O'zbekistonga qaytadi. Ammo bu qaytish yakun emas, balki yangi va yanada murakkab bosqichning boshlanishidir. U o'z hayotini qaytadan qurishga majbur bo'ladi, o'tmish oqibatlari, ichki jarohatlar va 'hammasini boshidan boshlash mumkinmi?' degan savol bilan yuzlashadi. Film real voqealarga asoslangan bo'lib, unda tashqi voqealardan ko'ra ko'proq ichki drama - tanlov, adashish va buning uchun to'lanadigan og'ir narx tasvirlanadi. Смотреть
2024 Кокандский ветер Фильм рассказывает о социально-политической и литературной атмосфере Кокандского ханства в конце XVIII - начале XIX веков, о сложностях того времени, в основном о жизни кокандского хана Умархана и поэтессы Нодирабегим. Смотреть
2025 Bahorni quvib Hayotda ko'p jafolar ko'rgan tadbirkor ayol Rohat Shukurova bir vaqtlar ko'ngliga yaqin bo'lgan insonning qabrini ziyorat qilgani poytaxtdan olis tog' qishlog'iga qarab yo'l oladi. Archali atalgan bu manzilga u ancha yillar muqaddam maktabda muallimlik qilgani borib, nohaq badnom etilgan va qishloqdan badarg'a bo'lgan. Xo'sh, 'Archalimizga sevgi-muhabbat degan matohni shu olib keldi, yoshlarimizning axloqini buzgan ham shu' deya malomat yog'dirgan qishloq ahli uni bugun qanday qarshi oladi? Har xil, albatta. Lekin butun film davomida qahramonimizni irkit, qo'sqi bir kimsa ta’qib qiladi. Nihoyat ular uchrashgach esa, tamoman kutilmagan siru jumboqlar ochilib ketadi Смотреть