Все фильмы
2015 Farhod va Shirin Farhod sevgilisi Marhaboga uylanish istagida, unga toʼy libosi tanlash uchun Toʼy liboslari saloniga olib keladi. Salon egasi Shirin esa, bu manman yigitni tavbasiga tayantirib qoʼyish uchun, u bilan “ishq oʼyini”ni boshlaydi. Аvvaliga tanlangan qimmatbaho libosni oʼzi kiyib koʼrsatadi. Soʼng, undan oʼz avtomobilini koʼrib berishni iltimos qiladi. Farhod ham, Marhaboni tashlab, Shiringa uylanishga ahd qiladi. Shundagina Shirin oʼzi boshlagan oʼyinni qanchalik jiddiylashib ketganini biladi. Аmmo, endi ortga yoʼl yoʼq edi... Farhod kimni tanlaydi, Shirinnimi yoki Marhaboni? Shirinni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2012 Men yulduzman Lola mashhur yulduz. U juda erkatoy va injiq boʼlib, bir uni tasodifan oʼz prodyuseri bilan urishib qoladi. Prodyuseri uni telefonsiz, pulsiz bir oʼzini bir qishloqqa tashlab ketadi. Lola yoʼl qidirib, tasodifan traktorchi Normatning uyiga borib qoladi. Normat traktorchi unga uyidan joy beradi. Qishloq hayoti, Lolaning hayot haqidagi tasavvurlarini butunlay oʼzgartirib yuboradi... U oʼzini bu yerda nimalar kutayotganidan butunlay bexabar edi. Normat esa, Lolaga koʼngil qoʼyadi. Аmmo, bu erkatoy yulduzga oʼz tuygʼularini izhor qilishga gʼururi yoʼl qoʼymaydi. Ikkovini oldinda nimalar kutyapti? Ularning taqdiri qanday kechadi? Смотреть