Все фильмы
2019 Keksa bo'ydoq Gʼayrat ota-onasidan erta yetim qolgan yigit va uni 3 ta ukasi bor. Uning oilasiga oʼrta yoshli amakisi gʼamxoʼrlik qiladi. Аmakisining oʼzi ham uylanmagan. Xullas, Gʼayratning oilasi haqiqiy boʼydoqlar jamoasi. Аmakining eng katta tashvishi tezroq Gʼayratni uylantirish! Chunki, Gʼayratning yoshi oʼtib boryapti. Bu yoqda ukalaridan ikkitasi ham uylanish yoshiga yetib qolgan. Gʼayrat bir ishning boshini tutmagan takasaltang boʼlgani uchun ham, amaki bechora hammanikiga sovchilikka boraverib charchagan. Аmakini oʼzining boʼlsa, koʼngli Gʼayratning xolasi Goʼzalda! Аmmo, unga dil izhori qilishi uchun, avval jiyani Gʼayratni uylantirish kerak. Bu yoqda esa, Gʼayrat Laylo ismli yoshgina, qaysar qizni sevib qolgan. Laylo esa, uni koʼrishni ham istamaydi! Laylo oʼzi oilada katta qiz boʼlib, tezroq turmushga chiqib, singillariga yoʼl boʼshatishi kerak. Аmmo, uning parvoyi falak... Boʼydoqlar oilasida kim birinchi boʼlib uylanadi? Keksa amaki, yoki yoshi oʼtib borayotgan Gʼayratmi? Laylo oʼzi koʼrgani koʼzi yoʼq Gʼayratning sevgi izhorini eshitarmikan? Смотреть
2020 Xoin Boburni oʼz sevgilisi Sevinch, Uchqun ismli kimsani oʼldirganlikda ayblab, qamatib yuborgan. Bobur qamoqdan chiqqach, Sevinchni qidirib topib, nima uchun bunday qilganligini soʼraydi. Shunda maʼlum boʼladi-ki, boshlagan ishlarini tashlab ketgani uchun, oʼz tanishi Olmos, uni ayblashni Sevinchga buyurgan ekan. Eng alamlisi esa, Olmosga bu ishlarda uning oʼz doʼsti Murod yordam bergan edi. Bobur alam ustida Olmosdan qasos olishga ahd qiladi. Bunda unga Bilol aka yordam bermoqchi boʼladi. Bobur oʼz ahdini bajara oladimi? U Olmosdan qasdini oladimi? Sevinchning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2019 Смотреть