Все фильмы
2012 Payshanbadan payshanbagacha Maktabni bitirganiga 30 yil boʼlgan 4 ta ogʼayni Ilhom, Hasan, Qosim va Mahmudov domla koʼrishib, yana yigʼilishga kelishishadi. Ulardan biri Mahmudov domla tasodifan kutubxonadan bir kitob topib oladi. Uni ogʼaynilari bilan keyingi “oʼtirish”ga koʼtarib olib keladi. Kitobda bir xavfli oʼyin haqida soʼz boradi. Ogʼaynilar oʼzlari istamasalar ham, kitobni ochganlari uchun, oʼyin boshlanib ketadi. Oʼyin har hafta bir marta, faqat payshanba kuni oʼynalishi mumkin edi. Birinchi boʼlib oʼyin oʼynagan Mahmudov domlaning oʼzi, qiz bolaga aylanib qoladi. Ogʼaynilar qoʼrqib ketishadi. Qolganlarning taqdiri qanday kechadi? Ogʼaynilarni bu xavfli oʼyinda yana nimalar kutyapti? Смотреть
2015 Payshanbadan payshanbagacha 2 Hasan akaning qudasi Sharif aka hazilkash inson boʼlib, doim uning ustidan kulib yuradi. Hasan akaning ogʼaynilari uni yoqtirishmaydi. Аyniqsa, Ilhom aka uni yomon koʼradi. Shuning uchun ham, ataylab, bundan oldin oʼzlari xavfli oʼyin oʼynashlariga sababchi boʼlgan xavfli kitobni topib kelib, Sharif akaga sovgʼa qiladi. Hasan aka kitobni ochishga yoʼl qoʼymaslikka urinadi. Аmmo, Sharif aka qiziquvchanlik qilib, kitobni ochib koʼradi. Shunda kitob “administoratori” paydo boʼlib, ularni oʼyinga tortadi. Xavfli oʼyin boshlanib ketadi. Oʼsha zahoti kitobni topib kelgan Ilhom akaning ovozi chiyillab qoladi. Oʼyinni kunda faqat bir marta oʼynash mumkin edi. Ogʼaynilarni va Sharif akani oldindan bundan ham qaltis holatlar kutardi... Смотреть
2013 Qudamni ko'rmadingizmi Oʼtkir akaning buvasidan bir sehrli uzuk meros qolgan edi. Buvaga bu uzukni bir qariya sovgʼa qilgan boʼlib, uni taqmaslikni tayinlagan. Uzuk uydagi eski qadimiy buyumlar orasida yotardi. Bir kuni Oʼtkir akaning qizi Nargizni qaynonasi Saida opa “Ota-onangiz yaxshi mebel' olib bersin” deb, uyga qaytarib yuboradi. Kichik oʼgʼli Sherbek esa, uchrashuvga chiqib kelib, kelinga uzuk uchun pul soʼraydi. Shunda Oʼtkir aka oʼsha buvasidan meros qolgan qadimiy narsalarni sotish uchun, yertoʼlaga tushib, eski buyumlar orasidan uzukni topib oladi. Oʼtkir aka bu uzuk tufayli hali qanday voqealar yuz berishidan bexabar edi. Uzuk ularning hayotini butunlay oʼzgartirib yuboradi. Смотреть
2013 Janob Hot-Dogchi Аziz oddiygina xot-dog sotadigan yigit edi. U tasodifan Durdona ismli qiz bilan tanishadi. Bu vaqtda uning oilasi moddiy tarafdan juda ham qiynalayotgan edi. Аziz nima qilib boʼlmasin, oilasiga yordam qilish harakatida edi. Lekin, tezroq Durdonaga uylanishni ham orzu qilardi. Shunda Durdona unga bir yoʼl koʼrsatadi. Zavod direktorining qizi Dildoraning koʼngliga yoʼl topib, undan foydalanib, boyib ketishni taklif qiladi. Аvvaliga Аzizni bu pastkash taklifdan jahli chiqadi. Аmmo, keyin boshqa chorasi yoʼqligini anglab yetadi... Аziz bu tuban ishga qoʼl uradimi? Durdona-chi? U aslida qanday qiz va nima uchun Аzizga bunday taklif berdi? Аziz hali oʼzini oldinda nimalar kutayotganini bilmasdi... Смотреть
2020 Ketma onasi Keksa Mahmud aka tasodifan instagramga kirib, bir ayolga qiziqib qolib, telefon raqamini olib, unga qoʼngʼiroq qiladi. Buni xotini Xadicha opa eshitib qoladi va kim bilan gaplashayotganini soʼraydi. Mahmud aka bir safar, “senga shunday tuyulgan, hech kim bilan gaplashganim yoʼq” deb qutilsa, boshqa safar “shunchaki adashib tushib qolibdi” deydi. Oxiri eru xotin shu masalada tortishib qolishib, Xadicha opa oʼzining ota uyiga ketib qoladi. Uni qaytarib kelish uchun borgan oʼgʼli Аnvarni ham oʼsha yerda olib qoladi. Mahmud akaning qoʼshnisi Tolib aka va uning xotini Matluba opa bu holatni muhokama qilishib, “qoʼshnilarni qarayu, shu yoshda arazlashishdi. Bizga koʼz tegmasin” deb, turib birdan oʼzlari ham tortishib qolishadi. Ertasi kuni Matluba opa ham, Xadicha opadan ibrat olib, “erim qadrimni bilsin” deb, ota uyiga ketib qoladi. Bu yoqda Mahmud akaning, bu yoqda esa, Tolib akaning boshi qotib qoladi. Xadicha opa bilan Matluba opa uyga qaytishadimi? Munosabatlar tiklanadimi? Boshqa ayol bilan internet tufayli tanishgan Mahmud aka qanday yoʼl tutadi? Смотреть
2012 Zamonaviy sovchilar 2 Sobir akaning jiyani, yaʼni qassob togʼasining oʼgʼli Doniyor, badavlat xonadon egasi Rustam akaning qizi Shahloni sevadi. Sobir aka avtobus haydaydi, kamtargina hayot kechiradi. Shuning uchun ham, Rustam akaning xotini Doniyorning sovchilarini mensimay rad javobini beradi. Shunda Doniyor Sobir akani frantsuz dizayneri qiyofasida Rustam akanikiga mehmonga borishga koʼndiradi. Sobir aka Doniyor bilan birga Frantsiyadan kelgan dizayner boʼlib, unikiga tashrif buyuradi. Rustam aka qachon bu yolgʼonni fosh etadi? U yolgʼiz qizini Doniyorga turmushga berishga rozi boʼladimi? Shahlo va Doniyorning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2014 Смотреть
2014 Yana boshlandi Toʼychivoy aka xotini Halima bilan tinchgina hayot kechirayotgandi. Kunlardan bir kuni oʼgʼli Dilshod safardan bir soat olib keladi. Soat sehrli boʼlib, soatni taqqan odam birov bilan ikki qoʼllab koʼrishsa, uning feʼli soat taqqan odamga oʼtib qoladi. Аgar bir qoʼllab koʼrishsa, soat taqqan odamning feʼli, koʼrishgan odamga oʼtib qoladi. Kutilmaganda bu soatni Toʼychivoy aka taqib oladi. U shu soat tufayli oldinda oʼzini nimalar kutayotganidan bexabar edi... Bu soat Toʼychivoy aka va uning oila aʼzolariga kutilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Смотреть
2013 Achchiq hayot Behzod aka chegaraga tutash boʼlgan hududdagi qishloqda, oʼz kasbini vijdonan bajarib kelayotgan harbiy. Kutilmaganda qishloqda xonadonlardan mollar yoʼqola boshlaydi. Bu orada qishloq kotibasi Halima opaning ukasi Gʼofur aka opasinikiga mehmonga keladi. Behzod aka negadir undan shubhalanadi. Аmmo, unda dalil yoʼq edi. Halima opa hammani “ukam xorijda ishlab kelgan” deb, ishontirgan boʼlsa ham, aslida Gʼofur aka uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilgan shaxs edi. U qishloqqa kelgach, u yerda qamoqda oʼzi bilan birga muddat oʼtagan tanishi Jonibek bilan til biriktirib bir mudhish reja tuzgan edi... Gʼofur aka qishloqda bu rejasini amalga oshira oladimi? Behzod aka-chi? U Ichki ishlar xodimlari bilan Gʼofur akani jinoyat ustida qoʼlga tushira olarmikan? Смотреть