Все фильмы
2007 Panoh Muvaffaqiyatli tadbirkorga tahdidli ovozli xabar keladi. Uning yordamchisi rahbarning qizlari uchun tansoqchilar yollashni taklif qiladi. Aytilgan – bajarilgan. Restoranda yuz bergan janjal paytida tadbirkorning yordamchisi ajoyib jang mahoratiga ega ikki yigitni payqab qoladi, ular tansoqchi bo‘lish uchun juda mos keladi. Oradan ko‘p o‘tmay, yigitlar ish boshlash uchun tadbirkorning uyiga kelishadi. Смотреть
2009 Смотреть
2004 Jonim, seni... yohud egizaklar Laylo Toshkentga oʼqishga keladi, hamda Jasur ismli yigitni uchratib, uni sevib qoladi. Jasur tufayli uning hayotga qarashlari ham oʼzgara boshlaydi. Аmmo, kutilmaganda Laylo, oʼzining nusxasi boʼlgan badavlat xonadon qizi Zahroni uchratishi, uning hayotini butunlay oʼzgartirib yuboradi. Zahro uning bolalikda ajratib yuborilgan egizagi edi... Nima uchun egizak opa-singillar bolalikda ajratib yuborilgan? Zahro qanday qilib badavlat xonadonga tushib qolgan? Laylo-chi? Ularning ota-onasi aslida kimlar? Смотреть
2005 Sevgi fazosi Behzod kinoteatrda kino qoʼyadi. U kunlardan bir kuni u yerda chiroyli bir qizni uchratadi. Kutilmaganda kinoteatr taʼmirlash ishlari tufayli yopiladi. Shunda Behzod u qizni izlab topishga ahd qiladi. Аfsuski topganda, Gulini eri bevaqt vafot etganligi, uning beva ekanligi maʼlum boʼladi. Yodgor va Jahongir oʼzlari tanlagan institutga oʼqishga kirib, talaba boʼlishadi. Shundan soʼng, ota-onasi Jahongirni uylantirish harakatiga tushadilar. Jahongir sovchi orqali uchrashuvga chiqib, onasi tanlagan qizni yoqtirib qoladi. Аmmo, u qiz oʼzini Dilshod degan sevgan yigiti borligini aytib, undan sovchilarni qaytarishni soʼraydi. Jahongir tushkunlikka tushib qoladi. Chunki, oʼsha qizni sevib qolgandi. U qiz aytgandek qiladi. Keyin esa, oʼzi boshqa bir necha qizlar bilan uchrashuvga chiqadi. Аmmo, hech birini u qizga oʼxshatolmaydi va oʼziga oʼsha qizdan boshqasi kerakmasligini tushunib yetadi. Yodgorni esa, tasodifan Munisa mashinada urib yuboradi. Ular tanishishadi. Ikkovi bir-biriga koʼngil qoʼyishadi. Lekin, Munisaning tugʼilgan kunida dugonasi, Yodgorni unga yozgan maktubini ommaga oʼqib berib sharmanda qiladi. Bu esa Yodgorga qattiq tegadi. Munisa buni hazilligini aytadi, ammo, Yodgor uni kechirmaydi. Bu tengdosh uch yigitning taqdiri qanday kechadi? Behzod Gulini qaytadan yangi hayot boshlashga koʼndira oladimi? Jahongir oʼz sevgilisini qaytara oladimi? Yodgor Munisani kechira olarmikan? Смотреть