Все фильмы
2015 Farhod va Shirin Farhod sevgilisi Marhaboga uylanish istagida, unga toʼy libosi tanlash uchun Toʼy liboslari saloniga olib keladi. Salon egasi Shirin esa, bu manman yigitni tavbasiga tayantirib qoʼyish uchun, u bilan “ishq oʼyini”ni boshlaydi. Аvvaliga tanlangan qimmatbaho libosni oʼzi kiyib koʼrsatadi. Soʼng, undan oʼz avtomobilini koʼrib berishni iltimos qiladi. Farhod ham, Marhaboni tashlab, Shiringa uylanishga ahd qiladi. Shundagina Shirin oʼzi boshlagan oʼyinni qanchalik jiddiylashib ketganini biladi. Аmmo, endi ortga yoʼl yoʼq edi... Farhod kimni tanlaydi, Shirinnimi yoki Marhaboni? Shirinni oldinda nimalar kutyapti? Смотреть
2012 Shu yetmay turuvdi Jamshid sportchi trener boʼlib, bolalarni musobaqaga tayyorlaydi. Uni toʼyi boʼlishi kerak va treneri Gʼayrat akadan ruxsat olish uchun, ataylab “uyim yonib ketdi” deb, ariza yozib ruxsat oladi. Chunki, toʼyi boʼlayotganini aytsa, Gʼayrat aka boshchiligidagi hamma tanishlarini qishloqqa olib borib, mehmon qilishiga toʼgʼri kelardi. U shunday qilmaslik uchun ham yolgʼon gapiradi. Аmmo, kutilmaganda boshligʼining treneri kelib qolib, ertaga musobaqa ekanligini aytib, Jamshidni qishloqqa oʼz uyiga ketishiga ruxsat bermaydi. Jamshid ikki oʼt oʼrtasida qoladi. Bu yoqda boshligʼi va musobaqa turibdi. Bu yoqda esa, sevgan qizi boʼlajak kelinchak Zarnigor intizor boʼlib, toʼyida kutyapti. Jamshid qanday yoʼl tutadi? U oʼz toʼyiga ulgurib yetib bora oladimi? Смотреть
2013 Qudamni ko'rmadingizmi Oʼtkir akaning buvasidan bir sehrli uzuk meros qolgan edi. Buvaga bu uzukni bir qariya sovgʼa qilgan boʼlib, uni taqmaslikni tayinlagan. Uzuk uydagi eski qadimiy buyumlar orasida yotardi. Bir kuni Oʼtkir akaning qizi Nargizni qaynonasi Saida opa “Ota-onangiz yaxshi mebel' olib bersin” deb, uyga qaytarib yuboradi. Kichik oʼgʼli Sherbek esa, uchrashuvga chiqib kelib, kelinga uzuk uchun pul soʼraydi. Shunda Oʼtkir aka oʼsha buvasidan meros qolgan qadimiy narsalarni sotish uchun, yertoʼlaga tushib, eski buyumlar orasidan uzukni topib oladi. Oʼtkir aka bu uzuk tufayli hali qanday voqealar yuz berishidan bexabar edi. Uzuk ularning hayotini butunlay oʼzgartirib yuboradi. Смотреть
2019 Смотреть
2013 Qadamlar Nodir 2 yil avval Mal'taga borib pul ishlash maqsadida uydan ketgan. Аmmo, uni aldab tuz koniga olib borib ishlatishyapti. U yerda, bunday aldanib kelib qolgan insonlar koʼp... Аziz maxsus xizmat xodimi boʼlib, mana shunday aldanib qolgan insonlarga yordam berishga ahd qiladi. U avtobusda odamlarni “Malьtaga ishga”, deb aldab olib borib, soʼng tuz konida majburan ishlatayotganlarning iziga tushadi. Buning uchun oʼzi ham, oʼzini chet davlatga borib ishlab kelmoqchidek qilib koʼrsatib, ishlashga ketayotganlar safiga qoʼshilib oladi. Yoʼlda avtobusni qoʼlga olishib, hammalarining pullari va hujjatlarini tortib olishib, tuz koniga olib ketishadi. Аziz u yerda atrofni kuzatib, xabar berishi kerak edi. Аmmo, kerakli vaqtda aloqaga chiqishi qiyinlashadi... Bu vaqtda esa, ularni majburan ishlatayotganlar, Nodirning joniga qasd qilishadi. Аziz tezroq harakat qilishi kerakligini tushunadi. Аziz oʼz maqsadiga erisha oladimi? Shuncha insonni qiynalishiga sabab boʼlgan noinsoflar toʼdasi qoʼlga olinadimi? Смотреть