Все фильмы
2014 Quduq Bosh qahramon yovuzlikka zo‘ravonlik bilan javob bermaydigan insonlardan biri. U barcha muammolarida faqat o‘zini ayblaydi. Quduqlar qazib, barchaga yordam beradi, hech qachon pul so‘ramaydi va mehnatining evaziga nima bersalar, shu bilan kifoyalanadi. Shunga qaramay, uning og‘ir kasal bo‘lgan katta o‘g‘liga yordam berishga hech kim tayyor emas, faqatgina mahalliy pochta bo‘limining rahmdil, keksa xodimidan boshqa. Смотреть
2024 Betayin Kinokartina qahramoni qishloqda oddiy hayotini kechirib yurarkan, birdan boyib ketish g'oyasi miyasiga keladi. Shunda shaharda yashovchi tadbirkor do'stini eslab qoladi. Saxovatpesha boy tadbirkor do'st Xolmatboyga katta miqdordagi mablag'ni to'g'ri yo'naltirib, o'z mehnati bilan boy kishi bo'lishini istab beradi. Biroq mablag'ni qo'lga kiritgan Xolmatboy butunlay o'zgaradi afsuski, bu o'zgarish faqat yomon tomonga bo'ladi. U oilasidan uzoqlashadi, farzandlarini haydab yuboradi va yengil hayot yo'lini tanlaydi. Vaqtini turli ayollar bilan o'tkazadi. Shu tariqa umr behuda o'tadi. Yaxshi niyat bilan berilgan pullar esa havoga sovriladi.Qo'lidan haqiqiy ish kelmagani sabab, oson topilgan pul oson yo'qoladi. Natijada u yana o'sha eski hayotiga qaytadi. Film yakunida esa turmush o'rtog'i vafot etadi. Смотреть