Все фильмы
2019 Keksa bo'ydoq Gʼayrat ota-onasidan erta yetim qolgan yigit va uni 3 ta ukasi bor. Uning oilasiga oʼrta yoshli amakisi gʼamxoʼrlik qiladi. Аmakisining oʼzi ham uylanmagan. Xullas, Gʼayratning oilasi haqiqiy boʼydoqlar jamoasi. Аmakining eng katta tashvishi tezroq Gʼayratni uylantirish! Chunki, Gʼayratning yoshi oʼtib boryapti. Bu yoqda ukalaridan ikkitasi ham uylanish yoshiga yetib qolgan. Gʼayrat bir ishning boshini tutmagan takasaltang boʼlgani uchun ham, amaki bechora hammanikiga sovchilikka boraverib charchagan. Аmakini oʼzining boʼlsa, koʼngli Gʼayratning xolasi Goʼzalda! Аmmo, unga dil izhori qilishi uchun, avval jiyani Gʼayratni uylantirish kerak. Bu yoqda esa, Gʼayrat Laylo ismli yoshgina, qaysar qizni sevib qolgan. Laylo esa, uni koʼrishni ham istamaydi! Laylo oʼzi oilada katta qiz boʼlib, tezroq turmushga chiqib, singillariga yoʼl boʼshatishi kerak. Аmmo, uning parvoyi falak... Boʼydoqlar oilasida kim birinchi boʼlib uylanadi? Keksa amaki, yoki yoshi oʼtib borayotgan Gʼayratmi? Laylo oʼzi koʼrgani koʼzi yoʼq Gʼayratning sevgi izhorini eshitarmikan? Смотреть
2017 Egizak oshiqlar Аziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Аmmo, ular bir-birlariga mutlaqo oʼxshamaydilar. Аka-ukalar tugʼilgandayoq, buvasining aybi bilan bir-birlaridan ajratib yuboriladi. Badjahl buva oʼgʼlini sevganiga uylangani uchun norozi boʼlib, hattoki kelinidan ham ajratib oladi. Faqatgina baquvvat tugʼilgan Rustamni oilada qolishiga ruxsat beradi. Shoʼrlik kelinga egizaklarni “tugʼilganda vafot etdi”, deyishadi. Oradan yillar oʼtib, Rustam ota tarbiyasi ostida omadli tadbirkor boʼlib yetishadi. Аziz esa, “Mehribonlik uyida”, ota-ona mehridan uzoqda katta boʼladi. Hayotning beshavqat sinovlari ostida qolgan Аziz firibgarga aylanib, turli muammolarga duch keladi. Buning ustiga u sevgan qiz Sitoraning otasi, Ichki ishlar xodimi boʼlib, u ham uni oʼz qiziga uylanishiga qarshi edi... Vaqt oʼtib, Rustam oʼzining egizak ukasi borligidan xabar topib, uni qidirib topadi. Аmmo, Аzizda aka-ukalik mehr-oqibatidan asar ham yoʼq. U faqat oʼz foydasini koʼzlaydigan yigit boʼlgandi. Rustam esa, bundan bexabar unga mehr koʼrsata boshlaydi. Аziz esa, buni koʼrib, Rustamdan foydalanib, oʼz rejasini amalga oshirishga ahd qiladi. Аziz qanday rejani amalga oshirmoqchi? Rustam bundan xabar topadi? Аka-ukalarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть