Все фильмы
2025 Matonatli Maryam 1922-yilda Turkistonlik jadidlarning tashabbusi bilan Germaniyaga o'qishga yuborilgan xorazmlik Maryamxon Sultonmurodovaning tahlikali va murakkab taqdiri haqida hikoya qiluvchi mazkur filmning syujeti dramatik sahnalarga boyligi va murakkab sahnalar bilan boshqa shu ruhdagi filmlardan farq qiladi. Maryam o'zbek ayollarining matonat timsoli va taraqqiyparvar shaxsi sifatida har bir davr o'zbek qizlari, ayollariga namuna bo'lgulik inson sifatida tasvirlanadi. Смотреть
2025 Qora Kitob Juda ko'p dars qoldirgani va fan dasturini o'zlashtira olmagani uchun kursdan qolib ketayotgan Begoyim ismli qizga professor topshiriq beradi. Talaba qiz fundamental kutubxonaga borib, keng ommaga noma'lum bo'lgan, jadidchilik harakatida o'z faoliyatini endi boshlayotgan chovida hibsga olinib, qatl qilingan qo'lyozmalari, kam sonli asarlari butunlay yo'q qilingan yozuvchining yagona nusxadagi kitobini topib, uning adabiy merosini o'rganishi kerak edi. Kunini kutubxonada o'tkazishni xohlamagan talaba qiz beboshlik qilib, kitob varag'ini yirtib oladi. Biroq tashqariga chiqish yo'li yo'qolgan, qiz qanchalar urinmasin, yerto'lada joylashgan kutubxonadan chiqib keta olmasdi. Go'yo kutubxona uni qo‘yib yuborishni xohlamas edi. Filmda ramziy ma'noda zulmat, johillik va xurofotdan qutilishning yagona yo'li ilm va ezgulik ekani ko'rsatiladi. Смотреть