Все фильмы
2021 Millioner Jonibek Jonibek qishloqda oʼsgan xayolparast, oʼzida Jeyms Bondni yasab olgan yigit. U qoʼy boqadi. Qishloqdoshi Аnorani sevadi. Uning ukasi esa, hamma narsani videokameraga olishni yaxshi koʼradi. Rejissyor boʼlishni istaydi. Kino olish uchun ota-onasidan 10 ming dollar soʼraydi. Ota-onasi kulishadi. Kunlarning birida Jonibekning doʼsti Toʼychi “Toshkentda millioner boʼlib ketdim”, deb doʼstini ham Toshkentga chaqiradi. Jonibek uning gapiga ishonib, oʼz qoʼylarini sotib, pulini biznesga tikkani Toshkentga boradi. Аmmo, u yerga borib, Jonibek doʼsti uni aldaganini tushunib yetadi. Oʼsha doʼsti tufayli pullaridan ayriladi. Lekin, Jonibek tushkunlikka tushib oʼtiradigan yigit emasdi. U institutga hujjat topshiradi va tasodifan katta ferma rahbari Baxtiyor Botirov bilan tanishib, fermaga ishga kiradi. Uni oldinda yana nimalar kutyapti? U oʼzi orzu qilgandek millioner boʼla oladimi? Смотреть
2018 Millioner kelin Laylo millioner yigit bilan sevishib, toʼy kunini ham belgilab, unga turmushga chiqish harakatida kelin libosi tanlab yuribdi. Uning qishloqda yashaydigan xolasi Hulkar opa esa, bu haqida butun qishlogʼiga jar solgan. Аmmo, toʼy arafasida kuyovni boshqa qiz bilan koʼrib qolgan Laylo, toʼyni toʼxtatadi. Hulkar xolasi esa, obroʼni tushirmaslik uchun oʼz qishlogʼiga “Kuyov FHDYoga ketayotganda yuragi xuruj qilib olamdan oʼtdi. Shunga jiyanim Laylo tushkunlikka tushib qoldi. Lekin, hamma boylik, zavodlari Layloga qoldi!” deydi. Laylo esa, biroz dam olib, chalgʼish uchun ishini tashlab, qishloqqa keladi. Bu vaqtda Layloni boylik egasi deb, oʼylagan qishloqdagi bir necha yigitlar, reja tuza boshlaydilar. Laylo kimga turmushga chiqadi? Hulkar opaning yolgʼonlari fosh boʼladimi? Смотреть