Все фильмы
2014 Nafs Аbdurahmon togʼda yashaydigan oddiygina choʼpon yigit boʼlib, chiroyli va sadoqatli rafiqasi, kamtarona hayoti bor edi. Аmmo, u televizor koʼrishga juda ham berilgan va soatlab oynai jahon qarshisida oʼtiradi. Ekrandagi hayot uni oʼziga jalb etadi. Fil'mlar, kliplarni jonu dili bilan tamosha qiladi. U televizorda koʼrgan mashhur yulduz Samirga taqlid qila boshlaydi. Bir kuni u televizorda goʼzal bir qizni koʼrib qoladi va uni qattiq sevib qoladi. Oʼziga oʼzi “shu qizga erishish uchun qalbimni ham sotgan boʼlardim” deydi va shu soʼzlardan soʼng, uning hayoti butunlay oʼzgarib ketadi. U oʼsha oʼzi taqlid qilgan Samirga aylanib qoladi. Lekin, qanday qilib? Buning evaziga u qanday sinovlarga duch keladi? Oʼsha u ekranda koʼrgan goʼzal qiz unga eʼtibor qilarmikan? Аbdurahmon oʼzini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi... Смотреть
2009 Qalbaki dunyo Jamshid singlisi Sitora va ammasi Malika opa bilan birga yashashardi. Uning shifokor otasi Аlisher aka vafot etgan boʼlib, u davolagan Halima ayadan unga katta miqdorda meros qoladi. Buni eshitib, ammasi Malika, Аlisher akaning hamkasbi shifokor Kozim bilan birga qabih reja tuzishadi. Unga koʼra, Malika Jamshidga asta-sekin taʼsir koʼrsatib, oʼlimga olib boradigan dori berib borishi kerak edi. Jamshidning oʼzi esa, ammasining razil niyatlaridan bexabar boʼlib, unga qattiq ishonardi. Аmmo, Jamshidning sevgilisi Kamola kutilmaganda bu sirdan voqif boʼladi. Kamola Jamshidni qutqara oladimi? Malikaning siri fosh boʼladimi? Jamshidning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2015 Смотреть
2007 Sevginator Maftuna institutda dars bermoqchi bo'ladi. Ammo talabalar uni mensimaydi, doimo hurmatsizlik qilishadi. Maftuna ziyoli, lekin juda yuvosh qiz. Shu sababli, talabalarga bas kela olmaydi. Akmal esa uni tasodifan institutda, rektorning kabinetida ko'rib qoladi. Akmal rektorning ammasinikida ijarada yashaydi. U ixtirochi bo'lib, odamsimon robot yasash ustida uzoq izlanadi va nihoyat tashqi qiyofasi o'zi yoqtirgan Maftunaga ikki tomchi suvdek o'xshash robotni yaratadi. Bu ixtiro esa ko'p narsalarni o'zgartirib yuboradi.
Akmal esa hali o'zini oldinda nimalar kutayotganidan bexabar edi… Смотреть
2007 O'tov Ubay tog' etagida, kichik bir o'tovda o'g'li bilan yashaydi. Uning bobosi sovet hokimiyati tomonidan quloq qilingan, otasi esa 'xalq dushmani' sifatida Sibirga surgun qilingan. Ubay namozini kanda qilmaydi, ro'zg'orini yuritadi va o'g'lini tashqi dunyodan imkon qadar asrab yashaydi: uni institutga kirishiga ruxsat bermaydi, hatto armiyadan ham pul berib olib qoladi. Lekin o'g'liga bu ortiqcha g'amxo'rlik yoqmaydi. Unga yoqqan qiz ham boshqa birovga turmushga chiqib ketgan. Bir kuni u uyga televizor olib keladi. Ubay esa o'g'lini chin dildan yaxshi ko'rsa-da, ich-ichidan og'riq bilan qaraydi - o'g'li tobora undan, uning nazoratidan uzoqlashib borayotgandek. Ota bilan o'g'il orasidagi munosabatlar asta-sekin murakkablashadi… Смотреть