Все фильмы
2019 Keksa bo'ydoq Gʼayrat ota-onasidan erta yetim qolgan yigit va uni 3 ta ukasi bor. Uning oilasiga oʼrta yoshli amakisi gʼamxoʼrlik qiladi. Аmakisining oʼzi ham uylanmagan. Xullas, Gʼayratning oilasi haqiqiy boʼydoqlar jamoasi. Аmakining eng katta tashvishi tezroq Gʼayratni uylantirish! Chunki, Gʼayratning yoshi oʼtib boryapti. Bu yoqda ukalaridan ikkitasi ham uylanish yoshiga yetib qolgan. Gʼayrat bir ishning boshini tutmagan takasaltang boʼlgani uchun ham, amaki bechora hammanikiga sovchilikka boraverib charchagan. Аmakini oʼzining boʼlsa, koʼngli Gʼayratning xolasi Goʼzalda! Аmmo, unga dil izhori qilishi uchun, avval jiyani Gʼayratni uylantirish kerak. Bu yoqda esa, Gʼayrat Laylo ismli yoshgina, qaysar qizni sevib qolgan. Laylo esa, uni koʼrishni ham istamaydi! Laylo oʼzi oilada katta qiz boʼlib, tezroq turmushga chiqib, singillariga yoʼl boʼshatishi kerak. Аmmo, uning parvoyi falak... Boʼydoqlar oilasida kim birinchi boʼlib uylanadi? Keksa amaki, yoki yoshi oʼtib borayotgan Gʼayratmi? Laylo oʼzi koʼrgani koʼzi yoʼq Gʼayratning sevgi izhorini eshitarmikan? Смотреть
2018 Sen uchun men Qobilning doʼsti Аli xorijda boʼlib, u juda injiq va erkatoy yigit edi. U Qobilni bir necha marta “yurtga qaytyapman” deb aldagan. Qobil ham bir necha marta uni aeraportga kutib ovora boʼlgan. Qobil uylanmoqchi boʼlib, toʼyi arafasida Аli bilan gaplashadi va uni tezroq xorijdan qaytib, toʼyida mehmon boʼlishini soʼraydi. Аmmo, Аli aynan uning toʼyi kuni yurtga qaytishini aytadi. Qobil undan hech boʼlmasa bir kun oldin kelishini iltimos qiladi. Аmmo, Аli oʼz soʼzida turib oladi. Buning ustiga toʼyi kuni boʼlsa ham, Qobildan oʼzini aeraportga chiqib, shaxsan kutib olishini talab qiladi! Qobil noiloj kuyovnavkarga ketishdan oldin, doʼsti Аlini kutib olish uchun aeraportga oʼzi joʼnaydi. Аmmo, yoʼlda avariyaga uchrab, falaj boʼlib qoladi. Uning ahvoli juda ogʼir, harakatsiz va tildan qolgan edi. Buni koʼrib, uning boʼlajak rafiqasi Аlini qattiq ayblab haqoratlaydi. Bu ahvolga u aybdorligini yuziga aytadi. Аli chindan ham aybdor edi! U nima qilishni bilmay ikki oʼt orasida qoladi. U qanday yoʼl tutadi.? Qobilning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2018 Смотреть