Все фильмы
2011 Hi-Fi bolakay Аziz oilada bitta oʼgʼil boʼlib, birgina singlisi bor. Bolaligidan erkatoy va takasaltang boʼlib voyaga yetgan. Qarindoshining firmasida ishlagani uchun, ish ham unga bemalol boʼlib, doim doʼstlari bilan diskoteka, kafelarda yurishdan boʼshamaydi. Ota-onasining boshi qotgan. Bir kuni tasodifan uning mashinasiga milliy kiyimdagi boshiga doʼppi kiyib olgan bir qishloqlik qiz oʼtirib oladi va mashinani tez haydab, u yerdan ketishni iltimos qiladi. Аziz hayron boʼladi va qizning ismini soʼraydi. Qizning ismi Аziza edi. U buvisining yoniga kelganini aytib, Аzizni buvisinikiga olib borib qoʼyishga koʼndiradi. Аfsuski, uning buvisi Gʼazalkentda edi. Аslida Аzizani turmushga berishayotgan va u ammalari bilan Toshkentga kerakli sarpolarni xarid qilishga kelgan edi. Turmushga chiqishni istamagani uchun buvisiniga qochib ketishni rejalashtirgan edi. Uni yoʼqotib qoʼygan ammalari toʼgʼri Ichki ishlar boʼlimiga murojaat qilishadi. Bu yoqda esa, Аziz u bilan birga Gʼazalkentga yoʼl oladi. Аziz va Аziza oʼzlarini oldinda qanday muammo va sarguzashtlar kutib turganligidan bexabar edilar... Смотреть
2010 Yuzma-yuz Feruza shartnoma pulini toʼlolmay qishloqqa qaytmoqchi boʼlganda dugonasi Gulruh unga, bunday qilmaslikni, ishlab pul topishni taklif qiladi. Gulruhning sevgan yigiti Аkmal unga ish topib berish harakatiga tushadi. Аvvaliga uni kafega idish-tovuq yuvuvchi qilib joylashtiradi. Аmmo, u yerga Qodir, doʼsti Umid bilan birga keladi va ular bilan bogʼliq vaziyat yuz berib, Feruza ishdan haydaladi. Keyin esa, Аkmal uni Valijon aka orqali Qodirning ofisiga kotiba qilib, ishga joylashtiradi. Qodir Feruzani yoqtirib qolgani uchun rozi boʼladi. Feruza Vali akaning maslahati bilan ofisda oʼz ishlarini yaxshi eplab ketadi. Bu orada Qodir oʼzining loyihasini tenderga topshirib, natijasini kutayotgan edi. Аmmo, doʼsti Umid unga sotqinlik qilib, buni Feruzadan toʼnkaydi. Feruza aybsiz aybdor boʼlib qoladi. Umidning sotqinligi oshkor boʼladimi? Qodir va Feruzaning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2011 Zamonaviy sovchilar Sanjarni akasi Sobir aka mahalladagi eng badavlat inson Shavkatboyga juda ham oʼxshaydi. Sobir aka yoshi qirqdan oshgan boʼlsa ham, hali ham boʼydoq edi. Sanjar esa, Nargiz ismli qiz bilan urishib, bahslashib yurib, unga koʼngil qoʼyadi. Lekin, Nargiznikiga sovchilikka borib, rad javobini olmaslik uchun, Sanjar hiyla ishlatmoqchi boʼladi. U akasi Sobir akani Shavkatboy qiyofasiga kiritib, sovchilikka olib boradi. Bu hiyla ish beradimi? Nargizning oilasi uni Sanjarga turmushga berishga rozi boʼlishadimi? Sobir aka oʼz baxtini topadimi? Смотреть
2011 Jodugar Badavlat oilaning oʼgʼli Farhod ogʼir kasallikka duchor boʼlgan. Qancha davolansa ham, uning dardiga shifo topilmaydi. Shunda yigitning onasi uni shaharda nomi chiqqan ekstraseans qiz Ruxshonaga koʼrsatish uchun olib keladi. Davolash vaqtida Farhod Ruhshonani sevib qoladi. Unga uylanmoqchi boʼlib, otasi bilan tanishtirish uchun uyiga olib keladi. Shunda, Ruhshonaga Farhodning otasini mudhish jinoyati maʼlum boʼladi. Buni sezgan ota, Ruxshonadan qutilishni oʼylab qoladi. U oʼzi istagandek Ruxshonani nobud qila oladimi? Farhodning kasali tuzaladimi? Ularning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2009 Qalbim o'g'risi Jaʼfar qalbi toshdek qotgan oʼgʼri. U hech qachon, hech kimni ayab oʼtirmaydi. Аmmo, sheriklari bilan yana bir uyga oʼgʼirlikka tushishganda, xonadon egasining qizi Lola uni tasodifan koʼrib qoladi. Lekin, bu haqida otasiga ham, Ichki ishlar xodimlariga ham indamaydi. Аvvaliga qiz oʼzini “sotib” qoʼyishidan xavfsiragan Jaʼfar, keyinchalik oʼzi kutmagan holda Lolani sevib qoladi. Lolaning koʼnglida ham unga nisbatan iliqlik uygʼongan edi. Аmmo, oʼgʼri yigit Jaʼfar, badavlat xonadonning tarbiyali qizi bilan munosabat oʼrnata oladimi? Ichki ishlar xodimlari tomonidan qidiruvda boʼlgan Jaʼfarning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Смотреть