Все фильмы
2017 Kokteyl Bobur va Temur bolalikdan birga katta boʼlgan sinfdosh doʼstlar edilar. Bobur aqlli, bilimli va masʼuliyatli yigit boʼlib, oliygohda dars berar, dissertatsiya yozayotgan edi. Temurni esa onasi bozorda savdo qilar, u boʼlsa onasiga yordam berish oʼrniga bar va diskotekalarda bekorchilik bilan vaqt oʼtkazar edi. Shunday kunlardan bir kuni Temur oʼz tugʼilgan kunini nishonlash uchun Boburni birga futbol koʼrishga, kafega chaqiradi. Аmmo, u yerda Temurning gapi tufayli janjal chiqadi. Doʼstlar bir amallab u yerdan qochib qolishadi. Qochib, bir barga kirib qolishadi. Bar ularga gʼayritabiiy joydek tuyuladi. U yerdagi barmen ham qandaydir gʼalatiroq odam edi. U ularga bir kokteylь taklif qiladi. Doʼstlar shu paytda oʼzaro gaplashib, ikkovi bir-birining hayotiga havas qilishi va oʼrnida boʼlib qolgisi kelayotgani maʼlum boʼladi. Kokteyldan ichib, uygʼonganlarida esa, ikkovi rostdan ham bir-birlari bilan oʼrin almashib qolgan edilar... Endi ularning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2014 Yigitali Yigitali oilada yolgʼiz oʼgʼil boʼlib, otasi kamtargina inson va uni birovdan qarzi bor edi. Kamiga opasi Sanobar koʼpincha ota uyiga arazlab kelaverardi. Shunday kunlarning birida Yigitali otasiga yordam berish uchun, jinoyat koʼchasiga qadam bosishiga ozgina qoladi. U otasiningqarzini toʼlash niyatida, bir doʼstining taklifini qabul qilib, u aytgan uyga oʼgʼirlikka tushadi. Аmmo, u yerni doʼstining oʼz uyi ekanligini bilib hayron boʼlib qoladi. U yerdan chiqqach doʼstiga “Men ota-onam uchun jinoyat qilishgacha bordim. Lekin, sen oʼz ota-onangni tunatmoqchi boʼldingmi?” deb, achchiq tanbeh beradi. Doʼsti oʼylanib qoladi. Yigitali oʼzi orzu qilganidek otasining qarzlarini toʼlay oladimi? Doʼsti esa, oʼz xatosini tushunib yetarmikan? Смотреть
2020 Ketma onasi Keksa Mahmud aka tasodifan instagramga kirib, bir ayolga qiziqib qolib, telefon raqamini olib, unga qoʼngʼiroq qiladi. Buni xotini Xadicha opa eshitib qoladi va kim bilan gaplashayotganini soʼraydi. Mahmud aka bir safar, “senga shunday tuyulgan, hech kim bilan gaplashganim yoʼq” deb qutilsa, boshqa safar “shunchaki adashib tushib qolibdi” deydi. Oxiri eru xotin shu masalada tortishib qolishib, Xadicha opa oʼzining ota uyiga ketib qoladi. Uni qaytarib kelish uchun borgan oʼgʼli Аnvarni ham oʼsha yerda olib qoladi. Mahmud akaning qoʼshnisi Tolib aka va uning xotini Matluba opa bu holatni muhokama qilishib, “qoʼshnilarni qarayu, shu yoshda arazlashishdi. Bizga koʼz tegmasin” deb, turib birdan oʼzlari ham tortishib qolishadi. Ertasi kuni Matluba opa ham, Xadicha opadan ibrat olib, “erim qadrimni bilsin” deb, ota uyiga ketib qoladi. Bu yoqda Mahmud akaning, bu yoqda esa, Tolib akaning boshi qotib qoladi. Xadicha opa bilan Matluba opa uyga qaytishadimi? Munosabatlar tiklanadimi? Boshqa ayol bilan internet tufayli tanishgan Mahmud aka qanday yoʼl tutadi? Смотреть
2017 Egizak oshiqlar Аziz va Rustam aslida egizak aka-ukalar. Аmmo, ular bir-birlariga mutlaqo oʼxshamaydilar. Аka-ukalar tugʼilgandayoq, buvasining aybi bilan bir-birlaridan ajratib yuboriladi. Badjahl buva oʼgʼlini sevganiga uylangani uchun norozi boʼlib, hattoki kelinidan ham ajratib oladi. Faqatgina baquvvat tugʼilgan Rustamni oilada qolishiga ruxsat beradi. Shoʼrlik kelinga egizaklarni “tugʼilganda vafot etdi”, deyishadi. Oradan yillar oʼtib, Rustam ota tarbiyasi ostida omadli tadbirkor boʼlib yetishadi. Аziz esa, “Mehribonlik uyida”, ota-ona mehridan uzoqda katta boʼladi. Hayotning beshavqat sinovlari ostida qolgan Аziz firibgarga aylanib, turli muammolarga duch keladi. Buning ustiga u sevgan qiz Sitoraning otasi, Ichki ishlar xodimi boʼlib, u ham uni oʼz qiziga uylanishiga qarshi edi... Vaqt oʼtib, Rustam oʼzining egizak ukasi borligidan xabar topib, uni qidirib topadi. Аmmo, Аzizda aka-ukalik mehr-oqibatidan asar ham yoʼq. U faqat oʼz foydasini koʼzlaydigan yigit boʼlgandi. Rustam esa, bundan bexabar unga mehr koʼrsata boshlaydi. Аziz esa, buni koʼrib, Rustamdan foydalanib, oʼz rejasini amalga oshirishga ahd qiladi. Аziz qanday rejani amalga oshirmoqchi? Rustam bundan xabar topadi? Аka-ukalarning taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2012 Zamonaviy sovchilar 2 Sobir akaning jiyani, yaʼni qassob togʼasining oʼgʼli Doniyor, badavlat xonadon egasi Rustam akaning qizi Shahloni sevadi. Sobir aka avtobus haydaydi, kamtargina hayot kechiradi. Shuning uchun ham, Rustam akaning xotini Doniyorning sovchilarini mensimay rad javobini beradi. Shunda Doniyor Sobir akani frantsuz dizayneri qiyofasida Rustam akanikiga mehmonga borishga koʼndiradi. Sobir aka Doniyor bilan birga Frantsiyadan kelgan dizayner boʼlib, unikiga tashrif buyuradi. Rustam aka qachon bu yolgʼonni fosh etadi? U yolgʼiz qizini Doniyorga turmushga berishga rozi boʼladimi? Shahlo va Doniyorning muhabbati taqdiri qanday kechadi? Смотреть
2010 Tundan tonggacha Umidjon va Zilola uchrashuvga chiqishadi. Ikkovi bir-birini yoqtirib qolib, turmush qurishadi. Toʼydan soʼng, Zilola homilador boʼlib, koka-kola ichimligiga boshqorongʼi boʼladi. Bir kuni homilador Zilola tush koʼrib, tushida daraxtda koka-kola va banan pishib turganini koʼradi. Soʼng, uygʼonib, darrov banan yegisi kelib qoladi. Аmmo, xolodilьnikdagi bananni qaynotasi yeb qoʼyadi. Shundan soʼng, Zilola Umidjonni kechasi banan olib kelishga koʼndiradi. Umidjon banan qidirib koʼchaga chiqib ketadi va tonggacha turli ziddiyatli voqealarga duch keladi. Umidjon tonggacha banan topib kela oladimi? U yoʼqligida uyida qanday hodisalar sodir boʼladi? Смотреть
2015 Ishdagi ishq Davron yosh boʼlsa ham, oʼz biznesi, oʼz kafesiga ega tadbirkor yigit. Uning ish yurituvchisi Ergash aka esa, oʼz manfaatini oʼylovchi, insofsiz kishi. Davron dastlab bundan bexabar Ergash akaga ishonadi. Аmmo, borgan sari Ergash akaning noinsofliklari ortib boradi. U kafega yangi ishga kelgan, halol ishlayotgan tarbiyali qiz Malikaga ochiqchasiga tuhmat qilib, uni Davronga ahloqsiz qiz qilib koʼrsatmoqchi boʼladi. Chunki, u qizga Davron koʼngil qoʼygan edi. Davron Malikaga ishonadimi yoki Ergash akaga? Haqiqat qaror topadimi? Davron va Malikaning muhabbati qanday yakun topadi? Ergash aka oʼz jazosini oladimi? Смотреть
2013 Mening do'stim jin Mirfayoz oddiygina yigit. Uning onasi non yopadi, u esa, oʼsha nonlarni har kuni sotib keladi. Oʼzi kollejda oʼqiydi. Buning ustiga kollejdagi tengdoshlari Botir, Zokir, Shokir uni “piyoz” deb, doim kamsitib, haqoratlashadi. Uni kollejda birgina “ushlab” turgan bu goʼzal qiz Laylo edi. Аmmo u ham, Mirfayozni himoya qilolmasdi. Mirfayoz doim siqilganida kollej yaqinidagi tepalik ustida xomush oʼtirardi. Kunlardan bir kuni u oʼsha tepalikda tasodifan bir qadimiy chiroqni topib oladi. Uni ichidan jin chiqib, Mirfayozga 3 ta tilagini bajo keltirishini aytadi. Mirfayoz qoʼrqib ketadi. U qanday tilaklarini jinga aytadi? Mirfayozning kelgusi taqdiri qanday kechadi? Jin bilan uchrashuv uning taqdirini oʼzgartira oladimi? Смотреть