Все фильмы
2012 Shu yetmay turuvdi Jamshid sportchi trener boʼlib, bolalarni musobaqaga tayyorlaydi. Uni toʼyi boʼlishi kerak va treneri Gʼayrat akadan ruxsat olish uchun, ataylab “uyim yonib ketdi” deb, ariza yozib ruxsat oladi. Chunki, toʼyi boʼlayotganini aytsa, Gʼayrat aka boshchiligidagi hamma tanishlarini qishloqqa olib borib, mehmon qilishiga toʼgʼri kelardi. U shunday qilmaslik uchun ham yolgʼon gapiradi. Аmmo, kutilmaganda boshligʼining treneri kelib qolib, ertaga musobaqa ekanligini aytib, Jamshidni qishloqqa oʼz uyiga ketishiga ruxsat bermaydi. Jamshid ikki oʼt oʼrtasida qoladi. Bu yoqda boshligʼi va musobaqa turibdi. Bu yoqda esa, sevgan qizi boʼlajak kelinchak Zarnigor intizor boʼlib, toʼyida kutyapti. Jamshid qanday yoʼl tutadi? U oʼz toʼyiga ulgurib yetib bora oladimi? Смотреть
2013 Ojiza Аlisher Komilani sevadi. Аmmo, Komila kambagʼal oiladan boʼlib, ota-onasi bolalikda ajrashib ketishgan. Shuning uchun, Аlisherning ota-onasi bu toʼyga qattiq qarshilik qilishadi. Аlisherni faqatgina buvisi tushunib, ularning toʼyiga oq fotiha beradi. Natijada Аlisher ota-onasiga qarshi chiqib, baribir Komilaga uylanadi. Ularni oldinda qanday taqdir kutyapti? Ikki yosh oʼzlari orzu qilgan baxtga erisha oladilarmi? Смотреть
2017 Смотреть