Все фильмы
2021 Millioner Jonibek Jonibek qishloqda oʼsgan xayolparast, oʼzida Jeyms Bondni yasab olgan yigit. U qoʼy boqadi. Qishloqdoshi Аnorani sevadi. Uning ukasi esa, hamma narsani videokameraga olishni yaxshi koʼradi. Rejissyor boʼlishni istaydi. Kino olish uchun ota-onasidan 10 ming dollar soʼraydi. Ota-onasi kulishadi. Kunlarning birida Jonibekning doʼsti Toʼychi “Toshkentda millioner boʼlib ketdim”, deb doʼstini ham Toshkentga chaqiradi. Jonibek uning gapiga ishonib, oʼz qoʼylarini sotib, pulini biznesga tikkani Toshkentga boradi. Аmmo, u yerga borib, Jonibek doʼsti uni aldaganini tushunib yetadi. Oʼsha doʼsti tufayli pullaridan ayriladi. Lekin, Jonibek tushkunlikka tushib oʼtiradigan yigit emasdi. U institutga hujjat topshiradi va tasodifan katta ferma rahbari Baxtiyor Botirov bilan tanishib, fermaga ishga kiradi. Uni oldinda yana nimalar kutyapti? U oʼzi orzu qilgandek millioner boʼla oladimi? Смотреть
2017 Xasta Said goʼrkov boʼlib, halol mehnat qiladi. U qabr qazishni savobli ish deb hisoblaydi. U Umida bilan yaqin munosabatda, unga uylanish niyatida, ammo uni sevmaydi. Kunlardan bir kuni u tasodifan koʼchada mashina yoʼlidan oʼtolmay, yoʼl oʼrtasida sarosimada qolib ketgan Lola ismli koʼzi ojiz qizga duch keladi. Unga rahmi kelib, yoʼldan oʼtkazib qoʼyadi. Soʼng, uni uyigacha kuzatib qoʼyadi. Lola aslida badavlat insonning qizi boʼlib, oʼsha kuni xizmatchi ayol bilan koʼchaga aylangani chiqib,mustaqil harakatlanib koʼrmoqchi boʼlgan edi... Shundan soʼng, kutilmaganda Said oʼsha koʼzlari ojiz qiz Lola uning xayolidan ketmay qolganligini his qiladi. Uning yuragida Lolaga nisbatan sof tuygʼular uygʼongandi. Аmmo, bu muhabbatning taqdiri qanday kechadi? Badavlat ota oʼzining yolgʼiz qizini goʼrkovga turmushga berishi mumkinmi? Said va Umidaning munosabati taqdiri nima boʼladi? Смотреть